Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi – Andrey Fyodorov

Noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi – Andrey Fyodorov

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlab keldi.

Tashkil etilgan so‘rovnomada PEPSI  Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etib kelishdi. Shuningdek, muxlislar ovozi PFL rasmiy saytida bo‘ladigan so‘rovnoma orqali qabul qilindi. 

Mana Superliganing 2018 yilgi mavsumi ham yakuniga etdi. Ortda qolgan noyabr oyida Superligada 28-29-30-31-32-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvlarda bir qator mutaxassislar qo‘l ostidagi jamoalar chiroyli o‘yin namoyish etib, ko‘pchilikning e’tirofiga sazovor bo‘lishdi. Jumladan, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi chempionatning oxirini ham yuqori darajada o‘tkazishida “temiryo‘lchilar” jamoasi ustozi Andrey Fyodorovning xizmati ulkan bo‘lganini qayd etish joiz. “Lokomotiv” ortda qolgan oyda 5ta o‘yin o‘tkazib, 4ta g‘alaba va 1ta durang qayd etdi. Jamoa mavsum so‘nggida Superliga chempionligini tantana qildi. Mavsumni u qadar muvaffaqiyatli boshlay olmagan “Lokomoitiv”ni Fyodorov yil oxiriga kelib chempionlikka yetaklay oldi. 

Shu tariqa, noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deya Andrey Fyodorov topildi. U so‘rovnomada No‘’mon Xasanov hamda Ro‘ziqul Berdiyevni ortda qoldirib ketdi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:37, 07.12.2018.
O'qildi: 2441 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.