Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 1-1 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi – Tiago Bezerra

Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi – Tiago Bezerra

Baho:
+ | -

Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlab keldi.

Tashkil etilgan so‘rovnomada Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etib kelishdi. Shuningdek, muxlislar ovozi PFL rasmiy saytida bo‘ladigan so‘rovnoma orqali qabul qilindi.

Mana Superliganing 2018 yilgi mavsumi ham yakuniga etdi. Ortda qolgan noyabr oyida Superligada 28-29-30-31-32-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. 

Chempionat-2018ning oxirgi oyida bir qator futbolchilar juda ajoyib o‘yin namoyish etishdi. Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida tashkil etilgan so‘rovnomada esa mavsum davomida juda ko‘tarinki ruhda to‘p surgan “Paxtakor” a’zosi braziliyalik – Tiago Bezerra eng ko‘p ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Bezerra ortda qolgan oyda 5ta o‘yinda maydonga tushib, 6 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etishga erishdi. Mahoratli futbolchi o‘z jamoasining chempionat kumush medallarini qo‘lga kiritishida ulkan ulush qo‘shdi. 

Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada Bezerra Marat Bikmayevni kichik farq bilan ortda qoldirdi. Aslida murabbiylar va sardorlarning ovozlari bo‘yicha ushbu ikki nafar o‘yinchi bir xil ochko jamg‘ardi. Yakunda hal qiluvchi o‘rinni muxlislar bergan ovoz hal qildi va Bezerra Bikmayevdan 2 ochkogagina ilgarilab, mavsum-2018ning oxirgi oyida tashkil etilgan so‘rovnomada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Manba: PFL
Kiritildi: 20:51, 07.12.2018.
O'qildi: 1987 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик