Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Bo‘rilar to‘dasi»ning sardori!

«Bo‘rilar to‘dasi»ning sardori!

Baho:
+ | -

Cheska ismli rimlik 13 yoshlik o‘spiringa birdaniga 3 ta klub akademiyasi qiziqib qoladi. O‘spirin «Lasio» jamoasi skautlariga darhol yo‘q javobini aytadi. Onasining aytishicha, stipendiya shu qadar katta ediki, o‘sha pulga butun oilani boqsa bo‘lar edi. Lekin qaysar Cheska «Milan»ning taklifini ham rad etadi. O‘sha kuni kech tushishi bilan «Roma» jamoasi skautlari uni qidirib kelishadi. Cheska quvonchdan osmonga sakrab ketgandi o‘shanda, deya eslashadi oila a’zolari...

Shunday qilib, «Roma»ning imperatori o‘spirinlik paytidayoq o‘z taqdirini «bo‘rilar» bilan bog‘lab bo‘lgan edi. U shu jamoa safida 28 yil to‘p surdi. Hozirgi zamonaviy futbolda bu ishonish qiyindek tuyulsa, ajab emas.

«U boshqacha o‘yinchi edi. U urgan gollar hammasi betakror. Chunki u hammasini yuqori did bilan amalga oshiradi»,- degandi Luchiano Spaletti o‘z intervyusida.

Totti 16 yoshidayoq asosiy tarkibda debyut qildi. U o‘sha paytlari «kichik jahon chempionati», deya ataladigan turnirda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. 20 yoshga to‘lganda allaqachon mashhur bo‘lib ulgurgandi. Uning atrofida tuzilgan jamoa 2001 yilda Skudettoni qo‘lga kiritadi. Bu esa Tottiga aql bovar qilmas mashhurlik keltiradi. Lekin Totti o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan yuqori tempdagi o‘yinlarni ko‘rsatishda davom etadi. Unga «Milan» , «Yuve» singari Italiyaning superklublari og‘iz soladi. Totti esa o‘z shahri jamoasini hech qachon almashtirmasligini qayta-qayta takrorlayveradi.

2003-2004 yilgi mavsumda «Real Madrid» o‘sha paytlarda fantastik raqamlarni rimliklar rahbariyatiga taklif etadi. Tottining o‘ziga esa Rimdagi maoshidan 4 barabar ko‘proq maosh belgilangan shartnoma taklif qilinadi. Uning atrofidagilar bu taklifni yaxshilab o‘ylab, sovrinlar yutish uchun ketish kerak ekanligini maslahat berishadi. Totti ularga: «Odamlar ishonchi men uchun har qanday kubokdan muhimroq», — deya bu taklifni rad etadi. Bu so‘zlar keyinchalik iqtibosga aylanib ketdi.

Totti kuboksiz qolib ketmadi. U 2006 yilgi mundialda Italiya termasi bilan chempionlikka erishdi. Bu har qanday top-futbolchi uchun eng qadrli sovrini desak, adashmagan bo‘lamiz. Oradan yillar o‘tgan sayin «Imperator» maydonda kamroq ko‘rina boshladi. Lekin maydondagi qisqa vaqtda ham muxlislar uchun chiroyli o‘ynardi.

U xayrlashuv uchrashuvi oldidan muxlislariga kichkinagina xat yozdi. Unda jumladan shunday so‘zlar bor edi: «Bir kun yelkamga kimdir qo‘lini qo‘ydi, qarasam, la’nati vaqt ekan. U menga jilmayib qaradida, to‘xtashni ayni payti dedi. Men erkaklarcha ketmoqchiman».

Uning xayrlashuv matchi bo‘ladigan kuni butun Rimdagi avtobuslar tablosida bir xil «Rahmat, kapitan» degan yozuv bor edi. Buni ko‘rgan hech kim ortiqcha savol bermadi. Hammaga tushunarli edi. U xayrlashuv matchida 55-daqiqada Salohning o‘rniga maydonga tushdi. Butun stadion oldindan tayyorlab qo‘ygan banerlarini ko‘tardi. Hatto «Lasio» muxlislari ham: «Abadiy dushmanlarimiz sardoriga olqishlar bo‘lsin», — degan mazmundagi banner ko‘tarishdi. Buning hammasini so‘z bilan ifodalashning iloji yo‘q.

O‘yindan so‘ng Totti muxlislar tomon asta yurib kelib, qo‘llarini keng yoyib, ta’zim qildi. U yog‘iga ko‘z yoshlarini yashira olmadi. U qo‘llari bilan yuzini to‘sgancha yum-yum yig‘lardi. Uning hayoti shu klubda o‘tgandi axir. Muxlislar ham unga qo‘shilib yig‘lashdi... U maydonni boshi egik, lekin mag‘rur, qarsaklar ostida tark etdi. Uni olqishlab turganlar orasida hatto Barezi ham bor edi.

Tottining futbolchilik faoliyati mana shunday tugagan edi. Uning davri o‘tgan bo‘lishi mumkin, ammo uni Rim tifozilari abadiy yoddan chiqarishmaydi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz

Сиз яна қайси футболчилар ҳақида кўпроқ билишни истайсиз?

Kiritildi: 15:48, 09.12.2018.
O'qildi: 5306 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.