Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Quvondiq Ro‘ziyev: «Qo‘qonlik muxlislar uchun boringni bersang arziydi»

Quvondiq Ro‘ziyev: «Qo‘qonlik muxlislar uchun boringni bersang arziydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yakuniga yetgan mavsumni yuqori saviyada o‘tkazgan futbolchilardan biri – Quvondiq Ro‘ziyev bo‘ldi. Qo‘qonlik futbol muxlislarining yoqimtoyiga aylangan va jamoamizning muvaffaqiyatlarida o‘zining katta hissasini qo‘shgan Quvondiq Ro‘ziyev bilan qisqacha suhbatda bo‘ldik. 
– Quvondiq, tarixga aylangan 2018 yilgi mavsum siz uchun qanday o‘tdi? “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘yinlaridan va o‘zingizning o‘yiningizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

– Bu yilgi mavsum biz uchun qiyin kechdi. Superligada 12 jamoa qolgani har bir o‘yinning jangovor ruhda o‘tishini ta’minladi. O‘tkinchi uchrashuvning o‘zi bo‘lmadi. Sababi har bir jamoa yuqori oltitalikka kirishni maqsad qilgandi. Birinchi oltitalikka kirga olmaganimizdan keyin jamoamizda qandaydir ruhiy tushkunlik hukmronlik qildi. Ketma-ket mag‘lubiyatlar oxirgi o‘ringa tushib qolishgacha olib keldi. Lekin mavsumning yakuniy qismida o‘zimizni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldik va ketma-ket qozonilgan g‘alabalar evaziga Superligadagi o‘rnimizni saqlab qoldik. Bu yerda murabbiylarimizning mehnatlarini ham alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim.
O‘zim haqimda aytadigan bo‘lsam, bu yilgi mavsumda o‘yinimda o‘sishga erishdim deb ayta olaman. Bosh murabbiymiz tayanch zonasidan hujumkor yarim himoyachi yoki hujumchi ortida o‘ynatib ko‘rdi. Yangi pozisiyam menga ancha maqul keldi va o‘yinimda o‘zgarish sezildi.
– Bu yilgi chempionat yangi formatda o‘tkazilgani ko‘plab bahs-munozalarga sabab bo‘ldi. Superliga formati sizga ma’qul bo‘ldimi yoki eski format yaxshimidi?
– Bu yilgi format bir tomondan qiziqarli ikkinchi tomondan zerikarli bo‘ldi. Birinchi bosqichda barcha kuchli oltilikka astoydil harakat qildi va o‘yinlar shiddatli tarzda kechdi. Ikkinchi bosqichda chempionat saviyasi birdagina pasayib ketdi. Bunga sabab jamoalarning ikki guruhga bo‘lingani deb bilaman. “Oltin ochko”lar qoidasi ko‘plab jamoalarga, xususan bizlarga pand berdi. Kuchli oltitalikka kira olmagach, ko‘p ochkolardan mahrum bo‘ldik va ikkinchi bosqichda ancha qiynaldik. Boshqa tomondan ikkinchi oltitalikka kirgach, muxlislar tashrifi ham keskin pasaydi.
To‘g‘ri hammasi o‘z qo‘limizda edi. Ammo baribir shu “oltin ochkolar” qoidasini qayta ko‘rib chiqish kerak. 12 ta jamoa qolgani chempionatdagi intrigani kuchaytiradi. Faqat shu bo‘linishi biroz “o‘xshamadi”. 12 jamoani hech qanday guruhlarga ajratmasdan o‘ynatish tizimizni o‘ylab topish kerakmikan. Shunda superliga mavqei yanada osharmidi deb o‘ylayman.

DSC_7999 kopiya

– Siz ko‘plab murabbiylar qo‘li ostida o‘ynagansiz. No‘’mon Hasanov haqida fikringiz qanday?
– Faoliyatim davomida Rustam Abdullayev, Mirko Yelichich va No‘’mon Hasanovlar qo‘li ostida o‘ynadim. No‘’mon Hasanov haqida faqat ijobiy fikrlarni bildirish mumkin. Chunki, bu mutaxassis har bir futbolchini qanday xususiyatga ega ekanligini yaxshi biladi va uning ochilmagan qirrarlarni kashf eta oladi. No‘’mon aka so‘nggi ikki yilda Qo‘qon futbolida katta ishlarni amalga oshirdi. Bunga misol sifatida Javohir Sidiqovning kashf etilishini ko‘rsatish mumkin. Javohir ikki yil ichida milliy terma jamoa darajasidagi o‘yinchiga aylandi. Bundan tashqari, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov va Iqbol Malikjonov kabi o‘yinchilarni ham No‘’mon akaning topilmasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ular o‘rinbosarlar tarkibida o‘zlarini ko‘rsatishgandi, No‘’mon aka ushbu futbolchilarga imkoniyat berdi va Qo‘qon futboliga yangi nomlarni taqdim etdi.
No‘’mon akaning ajoyib xususiyatlaridan biri futbolchining insoniyligini birinchi o‘ringa quyadi. Qanchalik kuchli futbolchi bo‘lmasin, xarakteri og‘ir bo‘lsa, jamoada olib qolmaydi. Kamtar, kamsuqum insonlarni qadrlaydi va ular bilan ishlashni yoqtiradi. No‘’mon aka hech qachon mag‘lubiyatlarda biror futbolchini ayblaganini ko‘rmaganman. O‘z ustida tinimsiz ishlab og‘ir vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarni qidiradi.
Jamoamiz murabbiyi Aziz To‘xtaboyev haqida ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. Jamoamizdagi ajoyib muhit yuzaga kelishida Aziz To‘xtaboyev va No‘’mon Hasanovlarning hissalari beqiyos. Aziz aka kelajakda yaxshi murabbiy bo‘lishiga ishonaman.

DSC_0806 kopiya

– Jamoada yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtirmoqdami, moliyaviy muammolar bo‘lmadimi ?

– Jamoamizning sharoitlar qoniqarli darajada. Birgina muammo so‘nggi turga kelib, o‘yingohimiz bilan yuzaga keldi. Chiroyli futbol namoyish etishimizga maydonning holati halaqit berdi. Eshtishimcha, “Markaziy” stadionidagi chim yangilanayotgan ekan. O‘ylaymanki, Markaziy” stadionning maydoni yangi mavsumda chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Moliyaviy qiyinchilik har bir jamoada bo‘lgan. Bizda ham ikkinchi bosqich boshida biroz moliyaviy tomondan muammolar bo‘ldi, lekin klubimiz rahbarining uddaburonligi sababli barcha qiyinchiliklar bartaraf etildi.

– Kelgusi rejalaringiz haqida o‘rtoqlashsangiz?

– Xabaringiz bor, huquqiy jihatdan “Lokomotiv”ga tegishli edim. “Qo‘qon-1912”da ijara asosida to‘p surdim. Yil so‘nggida shartnomam o‘z poyoniga yetadi va men erkin agentga aylanaman. Hozir uch-to‘rt jamoadan takliflar bo‘lyapti. Lekin hali yakuniy qarorga kelganim yo‘q. Albatta birinchi navbatda “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbariyati va bosh murabbiyimiz bilan maslahatlashaman. Hozircha biroz hordiq chiqarmoqchiman.
Fursatdan foydalanib, jamoamizni har qanday holatda qo‘llab-quvvatlab kelgan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman. Mana shunday ishqibozlar uchun maydonga tushib, boringni bersang arziydi.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 18:17, 12.12.2018.
O'qildi: 2565 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.