“Liverpul” himoyachisi Joel Matip “Napoli”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
27 yoshli futbolchi o‘mrov suyaklarini shikastlab olgan va operasiya stoliga yotishga majbur deb xabar beradi “Liverpul”ning rasmiy sayti.
Shu tariqa, Matip 6 haftani lazaretda o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Matip 8 ta o‘yinda maydonga tushib bitta gol urdi.