Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Mirziyoyev sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklarni ma’lum qildi

Mirziyoyev sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklarni ma’lum qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qayd etilishicha, Qurolli Kuchlarni jihozlash uchun keltirilayotgan zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar darajasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga tezkor va munosib ravishda e’tibor qaratish zarurligini hamda chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, unda mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish bo‘yicha burch tuyg‘usini shakllantirish borasidagi tadbirlar lozim darajada olib borilmayapti, deyiladi hujjatda.

Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator kamchiliklar mavjud, xususan:

sportning mazkur turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning puxta tizimi yo‘lga qo‘yilmagan;

sport kadrlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi joriy etilmagan;

terma jamoalarni tayyorlash va musobaqalar o‘tkazish uchun sport infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi yetarli darajada rivojlanmagan;

aholi, ayniqsa, yosh avlod o‘rtasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmayapti

Manba: KUN
Kiritildi: 09:45, 13.12.2018.
O'qildi: 2108 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик