Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

O‘zbekiston va Qozog‘iston zamonaviy beshkurash federasiyalari o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston zamonaviy beshkurash federasiyalari o‘rtasida memorandum imzolandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi va Qozog‘iston beshkurash federasiyasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi 2017 yilning fevral oyida tashkil qilingan bo‘lib, unda sportchilar ot sporti, qilichbozlik, o‘q otish, yugurish va suzish bo‘yicha bellashadi.

Mazkur hamkorlik doirasida ikki mamlakat sportchilarining malakasini oshirish mexanizmlari ishlab chiqilgan bo‘lib, nafaqat sportchilar, balki murabbiylar ham o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

– Federasiya rahbari sifatida o‘zimning ilk oltmish kunlik ish rejamni ishlab chiqqanman, – deydi O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi raisi Bahromjon Gazziyev. – Biz kelgusi yilda mazkur sport turini mamlakatimizda yanada ommalashtirish maqsadida Qatar va Qozog‘iston beshkurash federasiyasi bilan o‘zaro hamkorlik bitimini imzoladik. Bu orqali sportchilarimizning malakasi va mahoratini yanada oshirishga harakat qilyapmiz. Asosiy maqsad – Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritish va unda munosib ishtirok etish.

Eslatib o‘tamiz, 11 dekabr kuni O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi va Qatar beshkurash federasiyalari bilan ham hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan edi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 10:52, 13.12.2018.
O'qildi: 1822 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.