“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Kevin De Bryuynening jarohati haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Kevining jarohati bizga qo‘l kelishi mumkin. U biroz vaqt davomida o‘yinlarni o‘tkazib yuborib va ruhiyatini toza qilib oldi.
U ov qilishni qaytadan boshlagan sherdek. Qolaversa, u jismonan kuchli. Endi u har safar o‘ynaydi. De Bryuyne o‘zgacha futbolchi”, - deydi Gvardiola Sky Sports nashriga bergan intervyusida.