X ijtimoiy tarmog‘ida Fathalli nomi ostida faoliyat yurituvchi tunislik videoskaut, sharhlovchi va futbol tahlilchisi Abduqodir Husanov qaysi jihatda o‘sishi kerakligini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
Kecha «Manchester Siti» ishtirokida APL 37-turidan o‘rin olgan mehmondagi «Bornmut»ga qarshi bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Bu natija «shaharliklar»ni chempionlikdan mahrum qildi — mavsum tugashiga bir tur qolganidayoq «Arsenal» sovrinni rasman qo‘lga kiritdi.
«Husanov ehtimol yozda shu jihat ustida ishlashi kerak bo‘ladi.
Himoyaga qaytayotganda u ba’zan to‘pga haddan tashqari e’tibor qaratib qo‘yadi. Shu sabab atrofdagi vaziyatni kech baholaydi va xavfni payqaganidan keyin ham qaror qabul qilishda kechikib qoladi.
Balkim, u hali ham bunday vaziyatlarni jismoniy kuchiga tayanib bartaraf etishga ortiqcha ishonayotgandir?» — deb yozdi Fathalli.













