“Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezus Angliya premyer-ligasini 17-turida “Everton” darvozasiga ikkita gol urdi.
21 yoshli futbolchi premyer-ligada 19 avgustdan beri (4 oy) ilk bor gol urdi. Uning golsiz seriyasi 487 daqiqani tashkil qiladi. Shuk vaqt ichida u 11 ta o‘yinda maydonga tushib 18 ta zarba berdi.