Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

La liga. «Levante» - «Barselona» 0:5. Messi barcha golda ishtirok etdi (video)

La liga. «Levante» - «Barselona» 0:5. Messi barcha golda ishtirok etdi (video)

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 16-turi doirasida "Barselona" safarda "Levante" klubi mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Mezbonlar nomdor raqibga deyarli hech qanday qarshilik ko‘rsata olishmagan bo‘lsa, "ko‘k-anorranglilar" ideal o‘yin o‘tkazishdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida "Levante" hisobni ochishi mumkin edi, ammo to‘p to‘singa tegib qaytdi. Bu maydon egalari tomonidan yaratilgan yagona golga tortadigan imkoniyat edi.

Bahsning 35-daqiqasida Messi bir nechta futbolchilarni aldab o‘tib, Suaresga aniq uzatma berdi. Urugvaylik futbolchi 7-8 metr masofadan darvozani ishg‘ol etdi. Bo‘lim tugash arafasida Leo yakkama-yakka vaziyatda hisobdagi farqni oshirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Messining o‘zi ajoyib kombinasiyani gol bilan yakunladi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan argentinalik futbolchi o‘z "xet-trigi"ni nishonladi. O‘yin tugashiga 2 daqiqa qolganida esa mehmonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Messining pasidan keyin Pike "Barsa"ning beshinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Barselona" o‘z ochkolarini 34taga yetkazib, La ligada peshqadamlik qilishda davom etadigan bo‘ldi. Lionel Messi esa 14ta gol bilan to‘purarlar poygasida peshqadam bo‘lib oldi.

Ispaniya La ligasi, 16-tur
Levante – Barselona 0:5 (0:2, 0:3)
Gollar: 0:1 – 35 Suares, 0:2 – 43 Messi, 0:3 – 47 Messi, 0:4 – 60 Messi, 0:5 – 88 Pike.
Levante – Olasabal, Kabako, Postigo (Prsich, 70), Rober, Jeyson, Rochina (Koke, 69), Kampanya, Bardi, Tonyo, Boateng (Mayoral, 62), Morales.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Langle, Vermalen (Artur, 52), Dembele (Denis Suares, 81), Rakitich, Buskets, Vidal (Koutinyo, 78), Alba, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Dembele (18), Rober (25), Rakitich (36), Alba (45), Jeyson (59).
Chetlatish: Kabako (76).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:35, 17.12.2018.
O'qildi: 11761 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.