Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Husniddin G‘ofurov: «O‘zbekiston va Serbiya Superligalari o‘rtasida farq katta emas»

Husniddin G‘ofurov: «O‘zbekiston va Serbiya Superligalari o‘rtasida farq katta emas»

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” jamoasi PEPSI Superliga-2018 yakunlariga ko‘ra chempionlikni qo‘lga kiritdi.  

Chempionatni u qadar muvaffaqiyatli boshlay olmagan “temiryo‘lchilar” jamoasi mavsum avvalida bir qator o‘yinlarda kutilmaganda ochkolarni boy berib qo‘ydi. Natijada ko‘pchilik “Lokomotiv”ni oltin medallar uchun da’vogarlar safidan chiqara boshlagan edi. 

Lekin “Lokomotiv” mavsum o‘rtalariga kelib, yana o‘z o‘yinini namoyish eta boshladi va chiroyli g‘alabalar bilan ishqibozlarini xushnud etdi. Yakunda esa oltin medallar ketma-ket uchunchi marta “Lokomotiv”ga nasib etdi.  

“Temiryo‘lchilar” jamoasi safiga mavsum avvalida Serbiyadagi 4 yillik faoliyatidan so‘ng kelib qo‘shilgan mahoratli hujumkor yarim himoyachi Husniddin G‘ofurov mavsum-2018 yakunlari xususida PFL rasmiy saytiga o‘z tassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.  

- 2018 yilgi mavsumdan bir olam taassurotlar qoldi. Shuni alohida ta’kidlashim lozimki, mavsum boshida bir qator o‘yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Aksariyat o‘yinlarda katta tashabbusga ega bo‘lsak-da, kutilmaganda muhim ochkolarni qo‘ldan chiqardik. Natijada ba’zilar xatto jamoamizning kuchli oltilikdan o‘rin olishiga ham shubxa qila boshlashdi. 

Lekin mavsum o‘rtalariga kelib o‘z o‘yinimizni topib oldik va yana muxlislarimizga yoqadigan o‘yin ko‘rsata boshladik. Yakunda esa jamoamiz navbatdagi chempionlikni tantana qildi. 

Superliga-2018 juda qiziqarli tarzda o‘tganini ayta olaman. Jamoalar har bir ochko uchun jiddiy kurash olib borishdi. Raqobat ancha kuchli bo‘ldi, deya olaman.  

O‘zbekiston chempionati Serbiya chempionatidan qolishmaydi. O‘rtadagi tafovut aslo katta emas. O‘zbekiston Superligasida ham chempionlikka erishish juda-juda qiyin vazifa. Lekin “Lokomotiv” buni uddalay oldi va men ham ushbu g‘alabaga o‘z xissamni qo‘sha olganimdan baxtiyorman. 

To‘g‘risi faoliyatim davomida ilk marta chempion bo‘lishim. Shu boisdan mazkur g‘alaba men uchun o‘zgacha tarzda ahamiyatli. Nasib etsa, hali yana ko‘plab chempionlik unvonlarini qo‘lga kiritishga harakat qilaman, - dedi futbolchi.  

“Lokomotiv” matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:47, 17.12.2018.
O'qildi: 2528 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.