Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ignatiy Nesterov: «Men shunchaki o‘rnimdan turdim-u, chiqib ketdim»

Ignatiy Nesterov: «Men shunchaki o‘rnimdan turdim-u, chiqib ketdim»

Baho:
+ | -

Turon24 O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan uyushtirilgan mavsumning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov bilan eksklyuziv intervyu tashkillashtirdi.

Turon24: Mavsumning eng yaxshi darvozaboni unvoni sizga emas, Eldor Suyunovga topshirilganiga qanday munosabat bildirdingiz?

Ignatiy Nesterov: Men shunchaki o‘rnimdan turdim-u, chiqib ketdim. Men hatto yil ramziy terma jamoasi e’lon qilinishini ham kutganim yo‘q.

T24: Fikringizcha, Suyunov ushbu unvonga qanchalik munosib?

I.N.: Bizga hech narsa bog‘liq emas. Eng yaxshilar PFL va muxlislar tomonidan tanlandi. Biz faqat o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik, xolos. Shunday ekan, ular meni bunga munosib ko‘rishmabdimi, shunday bo‘la qolsin.

T24: Ignatiy, siz Osiyo kubogiga yo‘l oluvchi futbolchilar tarkibining kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritildingiz. Nima deb o‘ylaysiz turnirda Kuper asosiy darvozabonlikda kimni tanlaydi? Siznimi yoki Suyunovnimi?

I.N.: Bu haqda nimadir deyishim qiyin. Tarkibga faqat eng munosiblar kiritiladi. Shuning uchun ham yig‘inlar tashkillashtirilyapti.

T24: O‘tkazilgan 6 ta o‘yindan so‘ng nima deya olasiz, Kuper terma jamoa muhitida nimani o‘zgartirdi?

I.N.: Maydonda va maydon tashqarisida tartib va intizomga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yig‘inlar vaqtida infratuzilmadan tortib jamoaviy ruhiyatga qadar hammasi ideal darajada bo‘lishi talab qilinyapti. Kuper uchun intizom masalasi birinchi o‘rinda.

T24: Kuperning so‘zlariga qaraganda, u o‘yinni asosan himoya orqali tashkillashtirishga harakat qilyapti. Agar shunday bo‘lgan taqdirda ham Avstraliyadagi o‘yinda Janubiy Koreyadan o‘tkazib yuborilgan 4 ta gol juda ko‘plik qilmaydimi?

 

I.N.: Hozircha o‘rtoqlik o‘yinlaridan kelib chiqib biror fikr bildirmagan ma’qul. Hammasi rasmiy o‘yinlar vaqtida ma’lum bo‘ladi.

T24: Kuperning uslubi o‘zbek futbolchilari o‘yiniga qanchalik mos?

I.N.: Biz faqat jipslashishimiz va murabbiy nimani xohlasa shuni ko‘rsatib berishimiz lozim.

T24: Fikringizcha, O‘zbekiston terma jamoasi uchun eng yaxshi murabbiy kim: Qosimov, Abramov, Kapadze yoki Kuper?

I.N.: Bu futbol. Shunday ekan, savolingizga aniq javob berishim mushkul.

Manba: Turon24
Kiritildi: 05:06, 18.12.2018.
O'qildi: 14292 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.