Italiyaning “Milan” klubi “Sevilya” hujumchisi Luis Murielga qiziqib qoldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, “rossonerilar” 27 yoshli futbolchini yanvarda 12 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Muriel joriy mavsum “Sevilya” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.