Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Filipp Rayevas: «Lokomotiv» - men qarshi o‘ynagan O‘zbekistonning eng kuchli jamoasi»

Filipp Rayevas: «Lokomotiv» - men qarshi o‘ynagan O‘zbekistonning eng kuchli jamoasi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Lokomotiv"ning yangi futbolchisi Filipp Rayevas o‘zining transferi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Lokomotiv" vakillari menga uchinchi marta taklif bilan chiqishdi. O‘tgan yili qishda ham menga ushbu klub taklif bilan chiqqandi. Biroq men "Bunyodkor" bilan shartnoma imzolagandim. Yozdayoq "Lokomotiv"ga o‘tmoqchi edim. Biroq bu amalga oshmadi. Shukurki, endi klub bilan kelishdim. Keyingi yili "Lokomotiv" tarkibida o‘ynashdan xursandman. Ushbu jamoa bilan Osiyo chempionlar ligasida o‘ynash istagim juda kuchli. Jamoaning mamlakat chempionligini himoya qilishida va Osiyo chempionlar ligasida guruhdan chiqishiga yordam berishga harakat qilaman.

Jamoaning taktik jihatdan tartibli o‘yin ko‘rsatishi menga ma’qul kelmoqda. Ayniqsa, Marat Bikmayev va Ikrom Aliboyevlarning o‘yinlari menga yoqadi. Marat Bikmayev so‘nggi ikki-uch mavsumda ko‘plab gollar urib, o‘yin taqdirini hal qildi. Undan tashqari himoyachi Anzur Ismoilovni qattiq hurmat qilaman. Aynan ular o‘z pozisiyalarida "Lokomotiv"ning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchilari bo‘lishdi deb hisoblayman.

Ikki jamoa tarkibida "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinlarda qatnashdim. Ayta olamanki, "Lokomotiv" - men qarshi o‘ynagan O‘zbekistonning eng kuchli jamoasi.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 16:53, 19.12.2018.
O'qildi: 2245 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик