Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rossiya futbol ittifoqi rahbari Vitaliy Mutko iste’foga chiqdi

Rossiya futbol ittifoqi rahbari Vitaliy Mutko iste’foga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Rossiya futbol ittifoqi (RFI) prezidenti Vitaliy Mutko 19 dekabr kuni egallab turgan lavozimini tark etdi.

Mutko o‘rniga RFI prezidentligi vazifasini vaqtinchalik boshqarish Rossiya premyer-ligasi (RPL) direktori Sergey Pryadkinga topshirildi.

RFI Ijroqo‘mi a’zosi Igor Lebedevning ma’lum qilishicha, Mutko o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan. Endilikda 2019 yilning 22 fevral kuni RFIning navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. O‘sha marosimda Ittifoqning yangi rahbari tayinlanadi. 12 fevralga qadar nomzodlar o‘zining saylovoldi kampaniyalarini qilishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Mutko 2017 yilning dekabr oyidan boshlab mazkur lavozimdagi ishini vaqtinchalik to‘xtatib turgandi. Bir yil o‘tib esa u butunlay tashkilot rahbarligidan ketdi.

Kiritildi: 01:53, 20.12.2018.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.