Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xorazmda badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi

Xorazmda badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Gimnastika federasiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan 17 ta jamoadan 500 nafarga yaqin gimnastikachilar olti nominasiyadagi medallar uchun bellashishdi.

Uch kun davom etgan musobaqada 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar, aralash va 45 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar jamoalari tayyorlagan kompozisiyalar ijro mahorati, raqs va gimnastika elementlarini bajarish qobiliyati bo‘yicha baholandi.

Musobaqada gimnastika bilan muntazam shug‘ullanayotgan sportchilar bilan birga maktab va kollejlar o‘quvchilari, uy bekalari, korxona va tashkilotlar xodimlari ham ishtirok etdi.

Musobaqa bosh sovrini – O‘zbekiston gimnastika federasiyasi kubogini poytaxtning “Evikids” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari “Yoshlik” (Xorazm), “Shumtakalar” (Jizzax), “Yangi kun” (Nukus), “Star” (Samarqand), “Do‘stlik” (Andijon), “Bog‘ishamol” (Navoiy) va “Sho‘x qizlar” (Jizzax) jamoalarining chiqishlari yuqori baholanib, turli nominasiyalarda sovrinlar bilan taqdirlandi.

Kiritildi: 02:00, 20.12.2018.
O'qildi: 1973 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.