Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Og‘ir atletika. Ikki sportchimiz reyting turnirida oltita medalni qo‘lga kiritishdi

Og‘ir atletika. Ikki sportchimiz reyting turnirida oltita medalni qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

Qatar poytaxti Doha shahrida og‘ir atletika bo‘yicha «5th International Qatar Cup» reyting turniri start oldi. Ushbu musobaqada jahonning turli mamlakatlaridan 120 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Bahslarda o‘zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqdalar.

Bugun -67 kg vazn toifasida bahslar tashkil etildi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini ikki nafar sportchi – Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov himoya qildi.

Doston Yoqubov dast ko‘tarish bahslarida 138 kg., siltab ko‘tarishda esa 175 kg., umumiy hisobda 313 kg. natija ko‘rsatdi. Bu orqali Doston dast ko‘tarishda bronza, siltab ko‘tarish va ikkikurash yakunlariga ko‘ra oltin medal sohibiga aylandi.

Adhamjon Ergashev esa dast ko‘tarishda 142 kg., siltab ko‘tarishda 168 kg. toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Umumiy hisobda esa 310 kg. tosh ko‘tardi. Ushbu natija orqali Ergashev dast ko‘tarishda oltin, siltab ko‘tarishda bronza va ikkikurash yakunlariga ko‘ra kumush medal egasiga aylandi.

Qayd etish lozimki, Adhamjon Ergashev dast ko‘tarish va ikkikurash bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasidagi jahon rekordini yangiladi. Ushbu musobaqa orqali sportchilar Tokio 2020 Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini jamg‘arib boradilar.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 18:13, 20.12.2018.
O'qildi: 2210 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.