"Chelsi" klubi "Yuventus"ning "Milan"da ijarada o‘ynayotgan hujumchisi Gonsalo Iguainga qiziqishda davom etmoqda.
Ushba transferga londonliklar ustozi Maurisio Sarrining o‘zi qiziqmoqda. Murabbiy bu futbolchi bilan "Napoli"da birga ishlagan.
Jurnalist Janluka Di Marsioning xabariga ko‘ra, "Chelsi" almashishga tayyor: Alvaro Morata "Milan"ga yo‘l oladi, Iguain - "Chelsi"ga keladi. Ushbu kelishuvga argentinalik futbolchining transfer huquqi "Yuventus"ga tegishliligi halaqit berishi mumkin.