Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Qilichbozlik. Sherzod Mamutov Rossiya ochiq chempionatida sovrindor bo‘ldi

Qilichbozlik. Sherzod Mamutov Rossiya ochiq chempionatida sovrindor bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Shu kunlarda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi a’zolari Novosibirskda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishayotgandi. Yig‘in doirasida hamyurtlarimiz 4 karra Olimpiya o‘yinlari chempioni S.Pozdnyakov sovrini uchun kadetlar o‘rtasidagi Rossiya ochiq chempionatida ham ishtirok etishdi. Ushbu musobaqada Rossiya va O‘zbekistondan tashqari qozog‘istonlik qilichbozlar ham qatnashishdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda 133, qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa 99 nafar sportchi ishtirok etdi.

Quvonarlisi, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Sherzod Mamutov yarim finalgacha yetib borib, bronza medaliga ega chiqdi. Terma jamoamizning boshqa bir a’zosi Bobur Rasulov esa musobaqaning chorak finalida mag‘lub bo‘ldi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Zaynab Dayibekova 1/8 finalgacha yetib bordi.

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa Rossiya terma jamoasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega va musobaqada muvaffaqiyatli qatnashgan rossiyalik yosh qilichbozlar terma jamoa safida jahon va Yevropa chempionatlarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Ma’lumot uchun, 13-marotaba tashkil etilgan ushbu musobaqada ilk marotaba xorijiy qilichboz, ya’ni Sherzod Mamutov sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:59, 22.12.2018.
O'qildi: 1452 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.