Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Umid Ahmadjonov: «Murabbiylar saviyasini oshirmasdan, futbolni ko‘tarib bo‘lmaydi»

Umid Ahmadjonov: «Murabbiylar saviyasini oshirmasdan, futbolni ko‘tarib bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

Toshkent shahrida futbol bo‘yicha murabbiylar uchun «Pro» diplomi uchun o‘quv-kurslari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur kurslarda 21 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.

Kecha Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov mazkur kurslarda o‘qiyotgan murabbiylar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda FIFA va AFC instruktori Islom Ahmedov, Ro‘ziqul Berdiyev, No‘’mon Hasanov, Davron Fayziyev, Hamidjon Aktamov, Jasur Abduraimov, Rustam Abdullayev hamda Bahrom Haydarov kabi murabbiylar ishtirok etdi. Umid Ahmadjonov uchrashuvni boshlar ekan, futbolni rivojlantirishda murabbiylarning roli beqiyos ekanligini aytib o‘tdi.

“Futbolni rivojlanishida siz – mutaxassislarning rolingiz juda katta. Murabbiylar saviyasini oshirmay turib, futbolni yuqori pog‘onaga ko‘tarib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida hamjihatlikda ish olib borishimiz lozim.

Shu maqsadda, Superliga murabbiylaridan iborat kengash tuzishni va ushbu kengashga tegishli vakolatlar berishni rejalashtirmoqdamiz. Kengashda sizlar ham bo‘lasizlar. Faollikni oshirib, O‘zbekiston futboli ravnaqini yuksaklarga ko‘tarishimiz lozim”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Yig‘ilish davomida shuningdek, murabbiylar malakasini oshirish uchun ularni xorijiy klublarda malaka oshirishlari, dunyoning yetakchi klublari akademiyalarida ish o‘rganib qaytishlari kerakligi ta’kidlab o‘tildi. Do‘stona ruhda kechgan uchrashuvda murabbiylar Umid Ahmadjonovga o‘z takliflarini berib, fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Manba: UFA
Kiritildi: 10:25, 22.12.2018.
O'qildi: 1922 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.