Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Umid Ahmadjonov Olimpiya terma jamoasining bo‘lajak murabbiyi bilan muzokara o‘tkazdi

Umid Ahmadjonov Olimpiya terma jamoasining bo‘lajak murabbiyi bilan muzokara o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqarishga asosiy nomzod bo‘lgan serbiyalik murabbiy Lyubinko Drulovich bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Lyubinko Drulovichning yordamchilari Zavisha Miloslavlevich va Neboysa Topalov ham ishtirok etdi. Umid Ahmadjonov serbiyalik mutaxassisni O‘zbekistonda ko‘rib turganidan xursand ekanini ta’kidlar ekan, O‘zbekiston iste’dodlarga boy o‘lka ekani, ana shu iste’dodlarni jamlab, 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada musobaqasiga yo‘l olish asosiy maqsad ekanini aytib o‘tdi.

Buning uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilib, Olimpiya terma jamoasining asosini shakllantirish ishlari allaqachon boshlab yuborilganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Serbiyalik murabbiy Lyubinko Drulovich O‘zbekistonga tashrif buyurganidan benihoya xursand ekanini bildirar ekan, o‘zbek futboli bilan yaqindan tanish ekanini, xususan, o‘zbekistonlik yoshlarning shu yil Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida qanday o‘yin namoyish etishgani va chempionga aylanishganidan xabardor ekanini aytib o‘tdi.

Agar mutaxassisga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi topshiriladigan bo‘lsa, jamoa oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad - Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun astoyidil mehnat qilishga tayyor ekanini ham ta’kidladi.

Ayni damda Lyubinko Drulovich bilan muzokaralarning so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, u O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanadi.

Ma’lumot uchun: 

Lyubinko Drulovich

Fuqaroligi: Serbiya

Tug‘ilgan sanasi: 11 Sentyabr 1968 (50 yosh)

Murabbiylik darajasi: UYEFA "PRO" diplomi egasi (2007 yil)

Eng katta yutug‘i: Serbiya U-19 terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘oliblikka erishgan

Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari:

1. Angola Superkubogi G‘olibi – "Agosto" FK 2010-2011

2. Yevropa U-19 Chempionati g‘olibi – Serbiya 2013

3. "Partizan" FK bilan Yevropa ligasi ishtirokchisi - 2015-2016

4. BAA U-19 bilan final qismiga yo‘l olgan - 2017 yil

 Shaxsiy yutuqlari: Serbiyada yilning eng yaxshi murabbiyi – 2013 yil.

Manba: UFA
Kiritildi: 17:20, 22.12.2018.
O'qildi: 5154 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик