Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Aziz Turg‘unboyev «Navbahor»ga qanchalik moliyaviy foyda keltira oladi?

Aziz Turg‘unboyev «Navbahor»ga qanchalik moliyaviy foyda keltira oladi?

Baho:
+ | -

Yangi yil kirib kelmay turib ikki futbolchi masalasi yaxshigina muhokama bo‘ldi: Akrom Komilov va Aziz Turg‘unboyev.

Birining “Bunyodkor” bilan, ikkinchisining esa “Navbahor” bilan shartnomasi yakuniga yetgandi. “Navbahor” nima qilib bo‘lsa-da Turg‘unboyevni olib qolishga harakat qildi. Futbolchi uchun kurashayotgani yoqimli. “Bunyodkor” esa nega Komilovga to‘lanishi kerak bo‘lgan pul buncha kam, deb nolib qoldi. Mana shu yerda do‘ppini bir chetga qo‘yib turamiz. 

Savol: nima uchun klublar hamma harakatni tuxum tiqilganda boshlaydi? Reglamentni epaqayga keltirish vaqtida g‘alati bir narsaga guvoh bo‘ldim. Unda ko‘rsatilishicha, futbolchining shartnomasi yakuniga yetganidan keyin yana 5 kun kutishi kerak ekan va shundan keyingina boshqa klub masalasini o‘ylab ko‘rishi mumkin. 
Biz bu narsani Yevropa standartiga yaqinlashtiramiz. Ya’ni, futbolchi va murabbiylar shartnomalari yakuniga yetishiga yarim yil vaqt qolganida boshqa klub bilan muzokara boshlashlari va hatto shartnoma tuzishlari mumkin. Mazkur shartnoma amaldagisi yakuniga yetganidan so‘ng kuchga kiradi. Aytaylik, Turg‘unboyev o‘sha avgust oyidayoq “Paxtakor”ning yaqin rejasidagi futbolchiga aylana oladi. Faqatgina “Paxtakor” futbolchi bilan tuzilgan shartnomani bir oy ichida PFL ro‘yxatidan o‘tkazib qo‘ysa bas... 
Xo‘sh, “Navbahor” va “Bunyodkor” nima qiladi degan savol tug‘iladi. Javobi oddiy: ular hammasi uchun ertaroq harakat qilishlari shart. Hech kuzatganmisiz, Yevropada biror futbolchining shartnomasi yakuniga 1—1,5 yil vaqt qolganda klub harakatga keladi. Futbolchi kerak bo‘lmasa, sotib yuborish payiga tushadi. Kerak bo‘lsa, shartnomani cho‘zdirishga urinadi. Chunki o‘sha klublarning bir necha yillik rejalari bor. 
Bizda esa unday emas. Bizda chempionatni tugatib, hamma dam oladi. Yangi yil poxmeli tugagach, xo‘sh, kimlarni olib kelamiz, deyiladi. Futbolchi ham bozordan sabzovot olingandek tanlanadi, u kerak, bu kerak emas, deb. Bir necha yillik planlari bor bo‘lgan klublar esa unday yo‘l tutmaydi, futbolchi uchun kurashadi, zo‘r bo‘lsa, sharoitlarini yaxshilaydi, kelishadi, hisoblashadi, yoqmasa sotib qutiladi yoki tekinga qo‘yib yuboradi va hokazo. 
“Bunyodkor” ham shunday qilishi shart. Kutib o‘tirilsa, nafaqat Komilov, balki Qosimov, Haydarov, hammasi ketib qoladi. Kerak bo‘lsa, vaqtida harakat qilishi shart. Umid qilamanki, bu klub o‘z qaddini tiklab oladi.

Manba: Navbahor
Kiritildi: 10:02, 24.12.2018.
O'qildi: 4970 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.