Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Kuper nima sababdan Vitaliy Denisovni yig‘inga chaqirmaganini tushuntirdi

Kuper nima sababdan Vitaliy Denisovni yig‘inga chaqirmaganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Osiyo Kubogi uchun tayyorgarlik yig‘ini davomida jamoatchilikda paydo bo‘layotgan ayrim savollarga javob berib o‘tdi.

– Osiyo Kubogiga boradigan 23 futbolchini tanlab olishda asosan nimalarga e’tibor qaratdingiz? Yig‘inlardan ko‘nglingiz to‘ldimi?

– Bu yig‘inga 27 futbolchi bilan keldik, chunki hozir o‘yinchilar eng yuqori sport formasida bo‘ladigan payt emas – O‘zbekistonda futbol mavsumi tugagan. Shuning uchun ba’zi futbolchilar jarohat olib, safdan chiqishi ehtimoli bor. Buning oldini olish maqsadida 3-4 nafar ko‘proq futbolchini olib keldik.

Terma jamoaning o‘zagi shakllanib ulgurdi, deyishimiz mumkin. Yig‘inga ko‘proq futbolchi olib kelib, ular o‘rtasida raqobatni ham shakllantirishga erishdik, deb hisoblayman.

Darvozabonlarimizdan to‘rt nafari ham hozir a’lo darajadagi sport formasida. Faqatgina Eldor Suyunov jarohati tufayli kela olmadi. Ulardan kuchli darvozabonlar yo‘q, demoqchi emasman. Qayerdadir adashgan bo‘lsak, unda bu bizning xatomiz bo‘ladi.

Ba’zi o‘yinchilarni bizga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan safdan chiqarishga majbur bo‘ldik. Ivan Nagayev jarohati sabab chetda qolyapti. U – ajoyib o‘yinchi, bundan afsusdaman.

Fozil Musayev jarohatidan yaqinda forig‘ bo‘ldi. Klubida endigina 1-2ta o‘yinda maydonga chiqa boshladi. Lekin uning terma jamoa uchun juda kerakli ekanini hisobga olib, individiual mahoratiga ishongan holda – garchi eng yuqori sport formasida bo‘lmasa ham – ushbu yig‘inga olib kelishga qaror qildik. (Musayev yakuniy ro‘yxatdan ham joy oldi – tahr.)

– Vitaliy Denisovning so‘nggi yig‘inga jalb etilmasligining sababi nimada? Eron bilan o‘yindagi xatolarimi, jismoniy holatimi yoki u murabbiy o‘yin uslubiga mos emasmi?

– O‘yinchilarni har jihatdan tahlil qilib chiqamiz. Uni birinchi yig‘inda kuzatdik, bundan keyin ham Rossiya chempionatidagi o‘yinlarini ko‘rib bordik. Asosiy omil sifatida hozirgi kundagi holatini aytishim mumkin.

Masalan, hozir Denisovni chaqiradigan bo‘lsak, uning pozisiyasida ikki juda yaxshi o‘yinchi bor: Farrux Sayfiyev va Oleg Zoteev. Denisovni qo‘shish uchun ulardan qaysi birini olib tashlashimiz kerak? Qaysidir muxlis Zoteevni ko‘rsatadi, boshqasi «Yo‘q, Sayfiyev kuchliroq» deyishi mumkin. Barchaning fikri har xil. Yakuniy qarorni esa murabbiy qabul qiladi. Agar bu xato bo‘lib chiqsa ham, mas’uliyat uning yelkasida.

Bu Vitaliyni boshqa umuman chaqirmayman, degani emas. U hali Jahon chempionati saralashida kerak bo‘lishi mumkin. Ungacha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi bo‘lsam, albatta. (hazil)

– Bugungi tarkibga qanday xislatga ega futbolchi yetishmayapti?

– Bu savolga javob berishim noto‘g‘ri bo‘lardi. Chunki o‘z shogirdlarimga nisbatan kamsitish bo‘lib ko‘rinadi. Hozir ixtiyorimda mavjud o‘yinchilardan tarkib tuzishda davom etaman. «Men uchun eng kuchli tarkib – hozir qo‘l ostimdagisi» degan tamoyilga doim amal qilaman. Ya’ni qo‘l ostimdagilar – men uchun eng zo‘rlari. Ular bilan maksimum natijaga erishishga harakat qilaman.

 

Manba: Tribuna
Kiritildi: 13:22, 25.12.2018.
O'qildi: 12781 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.