Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

«Real Madrid»ga o‘tishni istamagan yulduzlar

«Real Madrid»ga o‘tishni istamagan yulduzlar

Baho:
+ | -

Barchamizga ma’lumki, «Qirollik klubi» safida o‘ynash hamma zamonlarda futbolchilarga boshqacha zavq va faxr tuyg‘ularini ulashgan. Deyarli 100 yildan buyon «Real» o‘z moliyaviy imkoniyatlaridan foydalanib, har qanday futbolchini pul bilan qiziqtirib qo‘yishga qurbi yetadigan jamoa. Lekin shunday futbolchilar borki, ularga «Real»ning «tishi o‘tmagan». Bugun shu futbolchilar haqida qisqacha.

Janluijji Buffon

To‘g‘ri, Buffon baribir «Yuve»ni tark etdi. Lekin qahramonimizga «Real Madrid» klubi «Yuventus» B seriyaga tushib ketganda taklif bilan chiqqan edi. «Yuve» rahbariyati transferga rozi bo‘ladi. Jiji esa sevimli jamoasini qiyin ahvolda tashlab ketishni xohlamaydi. U o‘z maoshini kamaytirishlarini so‘rab rahbariyatga murojaat qiladi va «Real»ga shunchaki jilmayib: «Yo‘q» javobini aytadi. «Keksa sinyora»ning muxlislari Buffonni mana shu mardligi uchun ham yaxshi ko‘rishadi.

Stiven Jerrard

Florentino Peres Zidanning oldida yana bir yulduzni xarid qilish maqsadida 2004 yilda «Liverpul» sardori Jerrardga taklif bilan chiqadi. Stivi Ji taklifni o‘ylab o‘trmay, rad etadi. Oradan 5 yil o‘tgach,«Real Madrid» mutasaddilari «Liverpul» bilan parallel yangi shartnoma taklif etishadi. «Qaymoqranglilar» Jerrardga aqlbovar qilmas maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif etishadi.Eng ajablanarlisi, «Liverpul»ning yangi shartnomasida Stivning maoshi ancha kamroq ko‘rsatilgan edi. Futbolchi uzoq o‘ylab ham o‘tirmay, «Real»ga rad javobini beradi. Bundan g‘azablangan Peres bu amalga oshmagan transferni OAVdan berkitish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Afsuski, Stiven jamoasiga APL bosh sovrinini yutib bera olmadi, ammo bir jamoada o‘ynab muxlislar yuraklarini zabt etdi.

Ivan Rakitich

Xorvatiyalik pleymeyker «Barsa»ga o‘tishidan avval ikki bor «Real Madrid»ga rad javobini bergan ekan. Birinchisida 18 yoshli Ivan «katta» jamoaga o‘tishdan cho‘chigan. Ikkinchi taklif esa «Sevilya» jamoasida o‘ynab yurgan paytlarida bo‘lgan. Peres janoblari muzokaralarga Modrichni ham aralashtiradi. Bir necha yillik do‘sti Modrichning tavsiyasiga ham quloq solmagan Rakitich bu safar ham rad javobini beradi. So‘ng biroz vaqt o‘tib, «Barsa»ga o‘tib ketadi. Keyinchalik bu ishini u: “Men juda ko‘plab grand jamoalarda o‘ynab keta olmagan yosh iqtidorlarni ko‘rdim, ularda mashhurlikka intilish kuchli edi, men esa aksincha, mehnat har qanday mashhurlikka o‘zi yetaklashini bilar edim. «Barselona»ga keladigan bo‘lsak, bu klub meni yuragimda edi va men buni amalga oshirdim”, deya izohlagan edi. Darhaqiqat, bu tanlov unga sovrinlar va mashhurlik olib keldi.

Franchesko Totti

Rim imperatoriga «Real Madrid» uch bor taklif bilan chiqqan ekan. Birinchisi 2000 yilda, ikkinchisi esa 2004 yilda, uchinchi bor esa 2007 yilda. Lekin «bo‘rilar to‘dasining sardori» oxirigacha o‘z klubiga sodiq qolgan ekan. To‘g‘ri, Totti iqtidoriga yarasha sovrinlarni yutmagandir, lekin, ammo, biroq, «Roma» klubining ramziga aylana oldi. Uni muxlislar qanchalar hurmat qilishlarini xayrlashuv uchrashuvida ko‘rsatib qo‘yishdi. Eng qizig‘i shundaki, «Real» uchta taklifda ham Tottiga moliyaviy jihatdan ancha qulay shartnomalar taklif etgan. Totti: «Muxlislar ishonchi har qanday pul va sovrinlardan qadrliroq» degancha, mardlarcha o‘z jamoasida qoldi va bunga hech ham afsuslanmasligini matbuotda bir necha bor e’lon qildi.

Ya.Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:27, 26.12.2018.
O'qildi: 23343 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.