Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Mirjalol Qosimov: «Terma jamoaga murabbiy bo‘lganim xato emas, tajriba edi»

Mirjalol Qosimov: «Terma jamoaga murabbiy bo‘lganim xato emas, tajriba edi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Bundan 10 yil oldin, o‘sha vaqtlarda «Quruvchi» deb atalgan yangi jamoa «Paxtakor»ning uzoq yillik gegemoniyasiga barham berib, ilk marotaba O‘zbekiston chempioni bo‘lgan edi. Klubga sentyabr oyiga qadar Mirjalol Qosimov ustozlik qilgan, u jamoani OCHLda debyutdayoq yarim finalga qadar boshlab borgach, o‘rniga braziliyalik Ziko olib kelingan edi. Shundan so‘ng o‘zbek futboli afsonasining O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi sarguzashtlari boshlangan.

Ana shu voqealarga ham 10 yil to‘ldi. Oradan ancha suvlar oqib o‘tdi; yutuqlar ham bo‘ldi, xatolar ham. U hozir, o‘zi aytganidek, o‘n yil oldingi Mirjalol emas.

«Bizning ishimiz shunaqa. Xato qilmasak, nimadandir o‘rganishimiz kerak-ku. Lekin o‘sha boshlayotgan paytimdagi Mirjalol emasman. Birinchidan, yoshim yanada ulg‘aydi. Ikkinchidan – yillar davomida keladigan tajriba. Baribir nimadandir boshlash kerak.

Boshlagan Mirjalol bilan hozirgisi o‘rtasida juda katta farq bor. Yiqildim, qoqildim, har xil gap ham eshitdim, to‘g‘ri qabul qildim ham, qabul qilolmagan paytlarim ham bo‘ldi. Xatolarning bo‘lishi – normal holat. Oldin jig‘ibiyron bo‘lib ketardim, hozir bu narsaga biroz boshqacha qarayman», – deydi u.

Intervyuda Qosimovdan o‘zini qay toifa murabbiy deb hisoblashi, jahon futbolida qaysi mutaxassislardan o‘rnak olishga harakat qilishi, o‘ziga ustozlik murabbiylarning qaysi biriga ko‘proq ma’noda shogird ekani haqida so‘radik. Klub futboli va terma jamoadagi faoliyatning ayrim jihatlari ham suhbatimiz mavzusiga aylandi. Shu o‘rinda ma’lumot uchun, intervyu Mirjalol Qosimov OKMK klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishidan oldinroq bo‘lib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, intervyuning birinchi qismi Qosimovning futbolchilik karyerasiga bag‘ishlangandi.

Manba: KUN
Kiritildi: 23:10, 26.12.2018.
O'qildi: 5023 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.