Bugun, 28 dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi “O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi”da o‘zbek sporti tarixida ilk marotaba “Milliy sport mukofoti – 2018” tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazyapti.
Marosimda turli nominasiyalar egasi taqdirlanishi kutilmoqda. Jumladan, “Eng faol sport targ‘ibotchisi” yo‘nalishida MOQ Matbuot va media departamenti direktori Zafar Imomxo‘jayev taqdirlandi.
Jahon gimnastikasi afsonasi, Oksana Chusovitina “Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun” taqdirlangan edi.
“Eng yaxshi sport homiysi” sovrini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga topshirildi.
Avvalroq, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov “Hududlarda sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” taqdirlangan edi.
O‘zbekiston kurash federasiyasi esa “Yilning eng faol federasiyasi” deb e’tirof etildi. O‘zbekiston shaxmat federasiyasi “Yilning eng yaxshi innovasion va intellektual faol federasiyasi” deb e’tirof etildi.