Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Osiyo kubogi-2019 musobaqasini O‘zbekistonda ko‘rish mumkinmi? Savolga «Sport» TV direktori javob berdi

Osiyo kubogi-2019 musobaqasini O‘zbekistonda ko‘rish mumkinmi? Savolga «Sport» TV direktori javob berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida 17-Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqada Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

O‘zbekistondagi muxlislar mazkur musobaqadan o‘rin olgan uchrashuvlarni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali orqali tomosha qilishlari mumkin. Ayni paytda mazkur musobaqani to‘liq hajmda muxlislar e’tiboriga havola qilish  uchun katta mehnat amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmatiga “Sport” telekanali direktori Zohid Karimov ma’lum qildi.

“Sport” telekanalining yaqin hamkori bo‘lgan Fransiyaning “Lagardère” kompaniyasi orqali Osiyo Kubogi musobaqasini translyasiya qilish huquqi qo‘lga kiritildi. Ayni paytda mazkur musobaqani to‘liq ravishda muxlislar e’tiboriga havola qilish uchun katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekistondagi muxlislar Osiyo Kubogi-2019 musobaqasidan o‘rin olgan barcha 51ta uchrashuvni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan parallel ravishda kechadigan o‘yinlar esa Milliy teleradiokompaniya tarkibiga kiruvchi "UzHD" yoki "Mahalla" telekanali orqali namoyish qilinadi.

“Sport” telekanali sharhlovchilari mazkur turnirdan o‘rin olgan uchrashuvlarni bevosita stadiondan turib sharhlab borishlari rejalashtirilgan. Faqatgina mazkur masalaning texnik yechimini kutyapmiz.  

Muxlislarga qulaylik tug‘dirish maqsadida, jonli efirda namoyish qilingan uchrashuvlar ertasi kuni soat 08:00dan boshlab yana takroran namoyish qilinadi. Bundan tashqari, har kuni “Osiyo Kubogi kundaligi” berib boriladi. Ushbu dasturda barcha o‘yinlarda kiritilgan gollar va e’tiborga molik vaziyatlar efirga uzatib boriladi.

Shuningdek, “Sport” telekanali studiyasida Osiyo Kubogi musobaqasiga bag‘ishlangan dasturlar tashkil qilinib, bu dasturlarda mutaxassislar bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar haqida o‘z fikrlari bilan chiqish qilib turishadi.

Xullas, O‘zbekistondagi muxlislarni Osiyo Kubogi musobaqasi muhitiga olib kirish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz”, - deydi Zohid Karimov.

Eslatib o‘tamiz, Zohid Karimov avvalroq Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tarixda ilk bor o‘tkazilgan “Milliy sport mukofoti – 2018” tantanali taqdirlash marosimida “Eng yaxshi ijtimoiy loyihasi” – yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan edi.

Manba: UFA
Kiritildi: 21:45, 28.12.2018.
O'qildi: 8958 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.