Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

APL. «Liverpul» «Arsenal»ni tor-mor keltirdi

APL. «Liverpul» «Arsenal»ni tor-mor keltirdi

Baho:
+ | -

Angliyada Boxing Day qiziqarli natijalarni taqdim etmoqda. APLning 20-turi doirasida mavsum yetakchisi «Liverpul» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvni esa Emeri shogirdlari faol boshlashdi va 11-daqiqada hisobni ochishdi: Ensli Meytlend-Naylz aniq uzatmani darvozaga burib qo‘ydi. Mersisaydliklar tezda o‘zlariga kelib, nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki 2 daqiqa ichida Firminoning dubli evaziga hisobda oldinga olib chiqishdi.

Tanaffusga qadar Sadyo Mane va Muhammad Saloh o‘z hisoblariga bittadan gol yozgan bo‘lsalar, Firmino ikkinchi taymda penaltidan hisobni 5:1 ko‘rinishiga keltirdi. Braziliyalik hujumchi faoliyati davomida APLda ilk marta xet-trikni rasmiylashtirdi.

"Liverpul" ikkinchi o‘rindagi "Tottenxem"dan 9 ochkoga ilgarilab ketdi. Uchinchi o‘rindagi "Manchester Siti" o‘z o‘yinini ertaga o‘tkazadi.

Angliya premyer-ligasi, 20-tur
Liverpul – Arsenal 5:1 (4:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 11 Meytlend-Naylz, 1:1 – 14 Firmino, 2:1 – 16 Firmino, 3:1 – 32 Mane, 4:1 – 45, penalti Saloh, 5:1 – 65, penalti Firmino.
Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson (Klayn, 83), Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum (Lallana, 78), Fabinyo, Shakiri, Mane (Xenderson, 62), Firmino, Saloh.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Mustafi (Kosyelni, 46), Kolashinas (Genduzi, 80), Lixtshtayner, Jaka, Meytlend-Naylz, Remzi, Torreyra, Ivobi, Obameyang (Lyakazett, 71).
Ogohlantirishlar: Robertson (26), Jaka (33), Lixtshtayner (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:36, 30.12.2018.
O'qildi: 7450 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.