Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

O‘zbek futboli. Yil sarhisobi. Quvonarli holatlar

O‘zbek futboli. Yil sarhisobi. Quvonarli holatlar

Baho:
+ | -

2018 yil yakuniga yetib bormoqda. Xo‘sh, ushbu yilda o‘zbek futbolida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Yurtimiz futboli qanday yutuqlarga erishdi? Shu haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Yangi tizim
O‘zbekiston Pepsi Superligamiz bu mavsum oz bo‘lsa-da kelajakka umid uyg‘ota oldi. To‘g‘ri, mavsum so‘ngida «Buxoro», «Nasaf», «Bunyodkor» singari jamoalar moliyaviy muammolar qurboniga aylanib, ko‘ngilni xira qilishdi. Lekin tan olish kerak, «Navbahor» va «Buxoro» klubi o‘z imkoniyatlaridan oshiqroq harakat qilib, birinchi davrani qizg‘in o‘tishini ta’minlab bera olishdi. Ilk bor viloyat klublari chempionlik uchun kurashda qatnashishdi. To‘g‘ri, kamchiliklar ham bor ,ammo fakt shundaki, yangi tizim yo‘lga qo‘yildi. Endi shu tizimni takomillashtirish va moliyaviy muammolarni hal qilish kerak.

Yangi bosh murabbiy. Ektor Kuper.

Yangi umid. To‘g‘ri, termamizning uzoq vaqt bo‘sh yotgan postiga kech bo‘lsa ham va’da qilinganidek, chetdan murabbiy olib kelindi. To‘g‘ri, u Venger yoki Konte emas, lekin yangilanishni amalga oshirayotgan O‘FA uchun boshlanishi chakki emas. Mahalliy murabbiylardan charchagan muxlislarning Kuperdan umidlari juda ham katta. Biz ham undan Osiyo kubogida ulkan g‘alabalar kutib qolamiz.

U23 terma jamoamizning Osiyo chempionati g‘olibligi.

Mana bunisi odamni quvontiradigan holat. Uzoq kutilgan chempionlik va g‘oliblik ruhi. Mustaqillik o‘g‘lonlari Osiyoda tengsiz ekanligini hamma uchrashuvda ko‘rsatib qo‘ya olishdi. Ayniqsa, chorak va yarim finallardagi yorqin g‘alabalar shu so‘zlarimizga isbot. Chemponlik o‘z yo‘liga, bu jamoa bizga kelajak uchun Aliboyev, Siddiqov, Hamrobekov, Tursunov, Yaxshiboyev, G‘aniyev, Hamdamov singari tayyor futbolchilarni ham ko‘rsatib bera oldi. Hozirda ularning deyarli yarmi xorij klublariga o‘tib ketishdi. Bu esa ikki hissa quvontiradi. Bundan avvalgi Jeparov, Kapadze, Nesterov, Shaskixlarning davrlaridan so‘ng yangi avlodning ham ulardan hech jabhada qolishmasligi bizga kelajakdan umid qilish hissini uyg‘otmoqda. Asosiysi, olimpiya jamoamiz bizda futbol hali o‘lmaganini hammaga ko‘rsatib qo‘yishdi.

 Quvonarli holatlarlar Ichki chempionat.

Yangi tizim O‘zbekiston «Pepsi liga»miz bu mavsum oz bo‘lsada kelajakka umid uyg‘ota oldi. Tog‘ri, mavsum so‘ngida «Buxoro», «Nasaf», «Bunyodkor» singari jamoalar moliyaviy tizim qurboniga aylanib, ko‘ngilni xira qilishdi. Lekin tan olish kerak «Navbahor» jamoasi va «Buxoro» klubi o‘z imkoniyatlaridan oshiqroq harakat qilib, birinchi davrani qizg‘in o‘tishini ta’minlab bera olishdi. Ilk bor viloyat klublari chempionlik uchun kurashda qatnashishdi. To‘gri, kamchiliklar ham bor ,ammo fakt shundaki yangi tizim yo‘lga qo‘yildi .Endi shu tizimni takomillashtirish va moliyaviy muammolarni hal qilish kerak.

Yangi bosh murabbiy. Ektor Kuper.

Yangi umid To‘g‘ri, uzoq vaqt bo‘sh yotgan termamiz postiga kech bo‘lsa ham va’da qilinganidek, chetdan murabbiy olib kelindi. To‘gri, u Venger yoki Konte emas, lekin yangilanishni amalga oshirayotgan UFA uchun boshlanishi chakki emas. Mahalliy murabbiylardan charchagan muxlislarning Kuperdan umidlari juda ham katta. Biz ham undan Osiyo kubogida ulkan g‘alabalar kutib qolamiz.

(U -23)yoshdagilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibligi.

Mana bunisi odamni quvontradigan holat. Uzoq kutilgan chempionlik va g‘oliblik ruhi.Mustaqillik og‘lonlari Osiyoda tengsiz ekanligini hamma uchrashuvda ko‘rsatib qo‘ya olishdi. Ayniqsa, chorak va yarim finallardagi yorqin g‘alabalar shu so‘zlarimizga isbot. Chemponlik o‘z yo‘liga, bu jamoa bizga kelajak uchun Aliboyev, Siddiqov, Hamrobekov, Tursunov, Yaxshiboyev, G‘aniyev, Hamdamov singari tayyor futbolchilarni ham ko‘rsatib bera oldi. Hozirda ularning deyarli yarmi xorij klublariga o‘tib ketishdi. Bu esa ikki hissa quvontiradi. Bundan avvalgi Jeparov, Kapatdze, Nesterov, Shatskihlarning davrlaridan so‘ng yangi avlodning ham ulardan hech jabhada qolishmasligi bizga kelajakdan umid qilish hissini uyg‘otmoqda. Asosiysi, (U-23) jamoamiz bizda futbol hali o‘lmaganini hammaga ko‘rsatib qo‘yishdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:22, 30.12.2018.
O'qildi: 5959 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.