Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Sport ta’limi muassasalarida yangi yil bayram tadbirlari o‘tkazildi

Sport ta’limi muassasalarida yangi yil bayram tadbirlari o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yakuniga yetib borayotgan 2018 yil o‘zbekistonlik sportchilar uchun sermahsul va omadli bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu kunlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarida “2018 – Faol tadbirkorlik va innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va yangi 2019 yilni munosib kutib olish maqsadida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri 27 dekabr kuni Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati tashkil etildi. “Yangi yilga yangi marralar bilan” bilan shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirida maktab jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etib, yangi yil shukuhidan bahramand bo‘lishdi.

Ayniqsa, o‘quvchilar tomonidan tomonidan she’r va raqslar, sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Turli xil ertak qahramonlari, Qorbobo va Qorqiz timsollari yosh sportchilar tomonidan mohirona ijro etildi. Shuningdek, bayramga viloyat qo‘g‘irchoq teatri san’atkorlari ham taklif etilib, o‘quvchilarga bayram dasturini namoyish qilishdi.

 

Tadbirda viloyat hokimligi va jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilari barchani bayram bilan tabriklab, iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarga viloyat hokimligi hamda homiylar tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg‘alar, sport liboslari va anjomlarni topshirishdi.

Yangi yil bayramiga atalgan tadbir o‘quvchilarda chuqur taassurot qoldirib, yoshlar kirib kelayotgan 2019 yilda katta marralarni zabt etishni o‘zlariga maqsad qilib olishdi.

Shu kabi bayram tadbirlari respublikamizda barcha sport ta’limi muassasalarida tashkil etildi.

 
Manba: minsport.uz
Kiritildi: 15:48, 30.12.2018.
O'qildi: 2006 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.