Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Milliy sport mukofoti-2018». Boks vakillari ikkita yo‘nalishda g‘olib

«Milliy sport mukofoti-2018». Boks vakillari ikkita yo‘nalishda g‘olib

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

«Milliy sport mukofoti-2018» laureatlari bilan intervyularni e’tiboringizga havola qilishda davom etamiz. «Yilning eng yaxshi murabbiyi» yo‘nalishida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Marat Qurbonov g‘alaba qozondi.

«Boks mamlakatimizda yaxshigina ommalashgan. O‘zbekistonning turli hududlarida bolalar sportning ushbu turi bilan shug‘ullanadilar. O‘z navbatida biz ham eng kuchli sportchilarni tanlab, ularni tarbiya qilyapmiz. Boksni yanada kuchaytirish yo‘lida harakat qilmoqdamiz. 2018 yil boksimiz uchun ulkan g‘alabalarga boy bo‘ldi. Birinchi navbatda Jakartadagi Osiyo o‘yinlarini qayd etishni istardim. U yerda biz barcha – 7 ta vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etdik. Sportchilarimiz ishonchni oqlay olishdi. Mirzahalilov, Baturov kabi bokschilar kashf etildi. Avvallari ular zaxira tarkibi a’zosi hisoblanardilar. Endi esa Osiyo o‘yinlarida oltin medalga ega chiqishdi. Yoshlarimizdan esa Xalakov haqida gapirishim mumkin. U boks olamida dastlabki qadamlarini tashlamoqda. O‘smirlar Olimpiadasida chempion bo‘ldi. Bizda hali birgalikda ish olib borayotgan iste’dodli sportchilar ko‘p. Shuningdek, professional ringdagi charm qo‘lqop ustalarimiz ham bor. Ular prof boksda 15 ta jang o‘tkazgunga qadar havaskorlar o‘rtasidagi musobaqalarda qatnashishlari mumkin. Taqdirlash marosimi haqida gapiradigan bo‘lsam, ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Barchaga kirib kelayotgan yangi yil muborak bo‘lsin», – dedi Marat Qurbonov.

«Yilning eng yosh va istiqbolli sportchisi» sifatida Abdumalik Xalakov tan olindi. Yosh bokschi 2018 yilda jahon va Osiyo chempionatida, shuningdek, o‘smirlar Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

«Mas’uliyatli yil bo‘ldi. Men o‘zimni faqatgina g‘alabaga tayyorlagandim. Rejalarimizning barchasini amalga oshira olganimdan xursandman. Oldimizda turgan 2019 yil yanada qiyin bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishda g‘alaba qozonganimdan mamnunman. Mehnatimni e’tirof etgani uchun Milliy olimpiya qo‘mitasidan minnatdorman. Bu meni navbatdagi g‘alabalar sari chorlaydi va yanada kuchaytiradi», – dedi Abdumalik.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:05, 31.12.2018.
O'qildi: 1856 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.