Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Termamizning oxirgi o‘n yillikdagi eng zo‘r o‘yinchilari. top 4

Termamizning oxirgi o‘n yillikdagi eng zo‘r o‘yinchilari. top 4

Baho:
+ | -

4- o‘rin

Timur Kapadze

Timur maydon markazidagi ishonchli va o‘ta sovuqqon o‘yini bilan markaziy zonada termamiz uchun uzoq yil o‘ynadi. Yurtimizdagi eng kuchli tayanch yarim himoyachi sifatida termamizga muntazam chaqirilib turdi. Kapadze termamiz uchun ko‘plab qiyin uchrashuvlarni o‘tkazgan. Kapadzening «intelligent» deb chaqirishlarini ko‘pchilik bilmasa ham kerak. U shaxs sifatida ham namuna qilib ko‘rsatishga loyiq inson

3 – o‘rin

Server Jeparov

Osiyoning 2 karra eng yaxshi futbolchisi, yurtimizda ham bir necha bor «Yil futbolchisi» deb topilgan termamiz yulduzini 4 likka kirgazmasak xato bo‘lar edi. Jeparov termamiz uchun ko‘plab yorqin o‘yinlarni o‘tkazgan. Qosimovdan keyin esa termamiz yuzi sifatida o‘zbek futbolini dunyomiqiyosida yoya oldi. U Janubiy Koreya, Eron, Saudiya Arabistoni singari Osiyoning kuchli chempionatlarida ajoyib o‘yinlari bilan yurtimiz futbolini dunyoga ta’nita oldi. Termamiz sobiq sardori futbolimiz tarixidan xaqli ravishda joy oldi.

2-o‘rin

Odil Ahmedov

Ko‘pchilik bu futbolchini birinchi o‘rinda kutgan bo‘lsa, ajab emas. Darhaqiqat, bu futbolchi termamiz uchun juda ko‘plab ajoyib o‘yinlarni o‘tkazgan, lekin Ahmedovning bu reytingda ikkinchi o‘rinni egalashining asosiy sababi Ahmedov hech qachon klubini termadan yuqori qo‘ymagan. U hech qachon klubida boshqacha, termada boshqacha futbol ko‘rsatmagan. Termamiz uchun doim jon-dilidan o‘ynagan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda «oq bo‘rilar»ning yetakchisi sifatida o‘yinni deyarli to‘liq o‘ziga olmoqda. Ahmedovning ayniqsa intervyularida jon kuydirib termamiz haqida fikr bildirishi, so‘nggi soniyalargacha kurashdan to‘xtamasligi bilan xalqimizning chin farzandi ekanligini ko‘rsatib qo‘ya oldi.

1 – o‘rin

Aleksandr Geynrix

Ha Sasha termamiz uchun hatto o‘limga ham tayyor edi… 2011-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan qit’a kubogida 3-o‘rin uchun bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng uning qanday yig‘laganini ko‘pchilik haligacha eslaydi. Oxirgi JCH saralashidagi omadsizlikdan so‘ng maydonda yosh bolalarcha yotib yig‘lagani esa haligacha ko‘z oldimda. U futbolchilik kariyerasiga urg‘u bermadi,u chet klublariga o‘tishga intilmadi , u shunchaki futbolning haqiqiy fanati edi. Termamiz uchun bir necha o‘ta muhim gollar urgan Geynrixni xalqimiz yoqimtoyi desak, adashmagan bo‘lamiz. O‘zbekistonning soddadil, jonkuyar farzandining qadri ketganidan keyin shundoq bilinmoqda. Xozirda termamiz Geynrixga o‘xshagan golga,g‘alabaga chanqoq xujumchiga muxtoj. Afsuski, Sashaga o‘xshash xujumchilar har kuni ham tug‘ilavermaydi.

Термамиз - ўрин Тимур Кападзе Тимур майдон марказидаги ишончли ва ўта совуққон ўйини билан марказий зонада термамиз учун узоқ йил ўйнади. Юртимиздаги энг кучли таянч ярим ҳимоячи сифатида термамизга мунтазам чақирилиб турди. Кападзе термамиз учун кўплаб қийин учрашувларни ўтказган. Кападзенинг «интеллигент» деб чақиришларини кўпчилик билмаса ҳам керак. У шахс сифатида ҳам намуна қилиб кўрсатишга лойиқ инсон 3 – ўрин Сервер Жепаров Осиёнинг 2 карра энг яхши футболчиси, юртимизда ҳам бир неча бор «Йил футболчиси» деб топилган термамиз юлдузини 4 ликка киргазмасак хато бўлар эди. Жепаров термамиз учун кўплаб ёрқин ўйинларни ўтказган. Қосимовдан кейин эса термамиз юзи сифатида ўзбек футболини дунёмиқиёсида ёя олди. У Жанубий Корея, Эрон, Саудия Арабистони сингари Осиёнинг кучли чемпионатларида ажойиб ўйинлари билан юртимиз футболини дунёга таънита олди. Термамиз собиқ сардори футболимиз тарихидан хақли равишда жой олди. 2-ўрин Одил Аҳмедов Кўпчилик бу футболчини биринчи ўринда кутган бўлса, ажаб эмас. Дарҳақиқат, бу футболчи термамиз учун жуда кўплаб ажойиб ўйинларни ўтказган, лекин Аҳмедовнинг бу рейтингда иккинчи ўринни эгалашининг асосий сабаби Аҳмедов ҳеч қачон клубини термадан юқори қўймаган. У ҳеч қачон клубида бошқача, термада бошқача футбол кўрсатмаган. Термамиз учун доим жон-дилидан ўйнаган. Айниқса, сўнгги йилларда «оқ бўрилар»нинг етакчиси сифатида ўйинни деярли тўлиқ ўзига олмоқда. Аҳмедовнинг айниқса интервьюларида жон куйдириб термамиз ҳақида фикр билдириши, сўнгги сонияларгача курашдан тўхтамаслиги билан халқимизнинг чин фарзанди эканлигини кўрсатиб қўя олди. 1 – ўрин Александр Гейнрих Ҳа Саша термамиз учун ҳатто ўлимга ҳам тайёр эди… 2011-йилда Қатарда бўлиб ўтган қитъа кубогида 3-ўрин учун бўлган учрашувдан сўнг унинг қандай йиғлаганини кўпчилик ҳалигача эслайди. Охирги ЖЧ саралашидаги омадсизликдан сўнг майдонда ёш болаларча ётиб йиғлагани эса ҳалигача кўз олдимда. У футболчилик кариерасига урғу бермади,у чет клубларига ўтишга интилмади , у шунчаки футболнинг ҳақиқий фанати эди. Термамиз учун бир неча ўта муҳим голлар урган Гейнрихни халқимиз ёқимтойи десак, адашмаган бўламиз. Ўзбекистоннинг соддадил, жонкуяр фарзандининг қадри кетганидан кейин шундоқ билинмоқда. Хозирда термамиз Гейнрихга ўхшаган голга,ғалабага чанқоқ хужумчига мухтож. Афсуски, Сашага ўхшаш хужумчилар ҳар куни ҳам туғилавермайди.

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 14:26, 01.01.2019.
O'qildi: 7951 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.