Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kelajakda grand klublarni boshqaradigan murabbiylar…

Kelajakda grand klublarni boshqaradigan murabbiylar…

Baho:
+ | -1

 Frenk Lampard – «Chelsi»ning kelajakdagi murabbiyi

Frenk «Chelsi» jamoasining ramzi bo‘lib ulgurgan tirik afsona hisoblanadi. U murabbiylik faoliyatini «Chempionship» dagi «Derbi» jamoasida boshladi. Ko‘pchilik bu murabbiydan bunday natija kutmagandi. Hozirda «Derbi» jamoasi «Chempinship»ning kuchli 4 ligida ketmoqda. Mavsum so‘nggida APL ga chiqishga urinib ko‘rishsa, ajab emas. Lampard o‘zining texnik va taktik o‘yin uslubiga ega murabbiy ekanligini kubok uchrashuvida “Manchester va «Chelsi» jamoalariga qarshi janglarda ko‘rsatib qo‘ya oldi. Uning shogirdlari avvaliga «qizil iblislarʼ»ni uyiga jo‘natib yuborgach, dramatik o‘tgan uchrashuvda mehmonda 3 : 2 hisobida yengilishdi. «Chelsi» muxlislari esa Lampard va uning jamoasini qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishdi. Xozirda Frenkga bir necha yirik klublardan taklif bor, ammo u shoshilmayapti. Hozirgi ishidan ko‘ngli to‘lyapti shekilli.

Patrik Viyeyra – «Arsenal» yoki «Man Siti» ning kelajakdagi murabbiyi

Baland bo‘ylik fransuz futbolchilik davrida ham sovuqqon va aqlga tayanib o‘ynaydigan futbolchi edi. Murabbiylik borasida ham u shu yo‘ldan bormoqda. U avvaliga «Man Siti» jamoasida yoshlar va zahira tarkibni shug‘ilantiradi. Undagi o‘sishni ko‘rgan hamkasblari tezroq bosh murabbiy bo‘lishi kerakligini aytadi. Viyeyra Okean ortiga «MLS» ga yo‘l oladi. Bosh murabbiy sifatida tezda nom qozongan Patrikga «Nitsa» jamoasidan taklif tushadi. Xozirda Viyeyra yangi uslubga tayangan holda «Nitsa»ni ajoyib boshqarmoqda. Ko‘pgina mutaxassislar uni «Arsenal» ning kelajakdagi murabbiyi deb atamoqda

Yulian Nagelsman – Germaniya termasining kelajakdagi murabbiyi

Darhaqiqat, u nafaqat Germaniya futboli balki, jahon futbolikelajagini belgilab beradigan yangi zamon murabbiylari sirasiga kiradi. Hozirgi kund hali qirqqa to‘lmagan murabbiyning yutuqlari haqida qisqacha to‘xtalamiz. 21 yoshida futboldan ketgan qaxramonimiz murabbiylikka mehr qo‘yadi. U avvaliga «Ausburg»ningyoshlar jamoasi bilan 7 yil ish olib boradi. So‘ng, «Hofenhaym» jamoasiga yordamchi murabbiy bo‘lib o‘tadi. O‘sha paytlari «ko‘klar» murabbiyi sog‘ligI tufayli postni tashlab ketadi. Klub mutasaddilari esa 28 yoshlik Nagelsmanga bosh murabbiy lavozimini topshirishadi. Avvaliga murabbiy oxirgi o‘rinda borayotgan jamoani mo‘’jiza evaziga «Bundesligada» olib qoladi keyingi mavsumda hammani hayratda qoldirib, 4 - pog‘onani qayd etadi. Eng qizig‘I, keyingi mavsumda bronza medallarga ega chiqadi. Germaniya futbol mutaxassislari uni ikki bor «Yil murabbiyi»deya e’tirof etishadi. Yosh murabbiy yangi uslubdagi mashg‘ulotlar va tiklanish programmasini ishlab chiqqan va shu asosida jismoniy futbolga tayangan pressingga boy zamonaviy uslubda harakat qilmoqda. Qaxramonimiz tez orada Germaniya termasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin. Hozircha «Hofenhaym» bilan ham ishlari a’lo darajada ketmoqda!

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 19:32, 01.01.2019.
O'qildi: 9456 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик