Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Aziz Turg‘unboyevning «Paxtakor»ga transferi nega barbod bo‘ldi? (sabablar)

Aziz Turg‘unboyevning «Paxtakor»ga transferi nega barbod bo‘ldi? (sabablar)

Baho:
+ | -

Kecha, 1 yanvar kuni “Paxtakor” futbol klubi yarim himoyachi Aziz Turg‘unboyev “sherlar” bilan ikki yillik shartnoma imzolagani haqida rasmiy xabar tarqatdi.

Lekin biroz vaqt o‘tgach, Aziz Turg‘unboyevni tarbiyalagan “Navbahor” klubining Telegram’dagi rasmiy kanalida futbolchining shartnomasi yakunlanmagani va u Namangan viloyat futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Shamshod Sarikov bilan uchrashgani haqida post e’lon qilindi.

“Futbolchi Azizbek Turg‘unboyevni "Paxtakor" klubi bilan shartnoma imzolaganligi haqida turli OAVlarda xabar tarqaldi. Azizbekni "Navbahor"  bilan amaldagi shartnomasi mavjud.  2018 yilgi chempionat yakuniga  yetgach bir qator futbolchilar bilan amaldagi shartnoma muddatlari uzaytirilgan.

Turg‘unboyev bilan ham amaldagi shartnoma uzaytirilib, 2020 yilgacha amalda bo‘ladi. Shu sababli Turg‘unboyevni "Navbahor" futbolchisi deyishga asoslarimiz bor”, deyiladi “Navbahor” e’lon qilgan postda.

Ishonchli manbaning tasdiqlashicha, Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorovning aralashuvidan keyin Aziz Turg‘unboyev “Paxtakor” bilan tuzgan shartnomasini bekor qilib, “Navbahor”da qoladigan bo‘lgan.

Yarim himoyachi ushbu voqealardan so‘ng intervyu berib, Aziz rahbarlar va muxlislar uchun jamoada qolishga qaror qilganini tasdiqladi.

“Paxtakor” bilan muzokaralar bo‘lmagan deya olmayman. Ular bilan shartnomalar masalasida gaplashganmiz. Ammo, yakuniy qarorim “Navbahor”da qolib, chempionlik marrasini zabt etish.

Mana shunday sharoitlarni yaratib berayotgan rahbarlar va muxlislar uchun jamoada qolishga qaror qildim”, degan Aziz Turg‘unboyev.

Shuningdek, poplik futbolchining qo‘shimcha qilishicha, “Paxtakor” bilan tuzilgan shartnomasi borasida hech qanday muammo bo‘lmaydi.

“Bu masalada muammolar bo‘lmaydi deb o‘ylayman. “Navbahor” rahbariyati masalani hal qilishini aytdi. “Paxtakor” rahbariyati meni to‘g‘ri tushunadi deb umid qilaman. E’tibor qilib jamoaga taklif qilganlarida xursandman va rahmat aytaman.

Ammo, yuragim “Navbahor”da. Namanganda futbolning ashaddiy, fidoiy muxlislari juda ko‘p. Jamoamizning shunday fidoiy muxlislari uchun, ularning hurmati uchun, yana “Navbahor”da qolaman. Ularning menga bo‘lgan ishonchlari uchun, qo‘llab-quvvatlab turganliklari uchun barchalariga rahmat deyman”, deya masalaga oydinlik kiritgan Turg‘unboyev.

Shu tariqa, Aziz Turg‘unboyevning “Paxtakor”ga transferi hokim aralashuvi va amaldagi shartnomasi yakunlanmagani hamda klubning fidoiy muxlislari ularning hurmati sabab barbod bo‘lgan.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: Stadion
Kiritildi: 11:27, 02.01.2019.
O'qildi: 10520 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик