Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«O‘zbekiston terma jamoasiga ishonaman» – Zohid Abdullayev

«O‘zbekiston terma jamoasiga ishonaman» – Zohid Abdullayev

Baho:
+ | -

Bugun erta tongda O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida Vatanimiz sharafini himoya etish uchun BAA sari yo‘lga chiqdi.

O‘z vaqtida terma jamoa yig‘inlari va o‘yinlarida ishtirok etgan tajribali Zohid Abdullayevning bu safargi qit’a chempionatidagi ishtirokimiz xususida fikrlari bilan qiziqdik.

-  Avvalo men yigitlarimizga oq yo‘l tilayman. Osiyo chempionati juda mas’uliyatli musobaqa. Qit’a chempionatida kuchsiz raqibning o‘zi bo‘lmaydi. Men esa milliy terma jamoamizga ishonaman va ular yurtimizga albatta yorug‘ yuz bilan qaytib kelishadi.

Musobaqa taqvimiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, so‘nggi tur jamoalarning guruhlardagi o‘rinlarini aniqlab beradi. Ammo menimcha bu narsaga katta urg‘u qaratmaslik kerak.

Har bitta o‘yinda oxirigacha kurashish, maydonning har bir qarichi, har bitta to‘p uchun jon olib jon berish kerak. Ana shunda muxlislar ko‘ziga tik boqish mumkin. Natija ham o‘z o‘zidan kelaveradi.

O‘zbekiston terma jamoasi tajribali murabbiylar qo‘l ostida, ularning malakasi, mahoratiga shubha yo‘q. Nasib bo‘lsa, Ektor Kuper bilan terma jamoamiz nihoyat yuksak marralarni zabt etadi degan umid bor menda”, deydi Zohid Abdullayev.

Manba: Stadion
Kiritildi: 13:20, 02.01.2019.
O'qildi: 3244 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик