Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

O‘zbekiston ot sportini rivojlantirishda Ummon bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston ot sportini rivojlantirishda Ummon bilan hamkorlik qiladi

Baho:
+ | -

Kecha, 1 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi elchisi Anvar Abduhalimov mamlakat ot sporti federasiyasi prezidenti Al Said Munzir bin Sayf bin Hamad al Busaidi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bungacha Al Said Munzir sentyabr oyida yurtimizga tashrif buyurib, ot sportini rivojlantirishda mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha muzokara olib borgandi.

Kecha tashkil etilgan uchrashuvda ham O‘zbekistonda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish istiqbollari, o‘zbekistonlik mutaxassislarning malaka oshirish dasturlarida ishtirok etishi, ummonlik chavandozlarning O‘zbekistondagi musobaqalarda qatnashishi masalalari muhokama qilindi.

2019-2020 yillarda O‘zbekistonda ot sporti maktablarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Uchrashuvda elchi Abduhalimov mazkur islohotlarda ummonlik do‘stlar faol ishtirok etishlariga umid qilishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, maktablarda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida otxonalar quriladi, otlar uchun maxsus inventarlar xarid qilinadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:12, 02.01.2019.
O'qildi: 2390 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик