Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

O‘zPFL: «2019 yildan klublarni lisenziyalash talablari yanada kuchaytirildi»

O‘zPFL: «2019 yildan klublarni lisenziyalash talablari yanada kuchaytirildi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘zbek klublarini lisenziyalash bo‘yicha reglament talablarini bajargan klublar haqida ma’lumot berdi.

“OAVda avvalroq O‘zbekiston klublarining to‘rt nafari OFK lisenziyalash talablarini bajarganligi, yana uch nafar klub esa, sanksiyalar bilan ushbu lisenziyalash talablarini bajargani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi klublarni lisenziyalash bo‘yicha milliy reglamentni ishlab chiqqani va u klublarga taqdim etilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Ushbu reglament, shuningdek keng jamoatchilik uchun ham havola etilgani va uni rasmiy saytdan yuklab olish mumkinligini eslatib o‘tish joiz.

E’tiborlisi, ushbu lisenziyalash talablarini ishlab chiqishda Professional Futbol Ligasi OFK lisenziyalash talablaridan kelib chiqqan, ammo ayrim talablar OFK talablaridan ham jiddiyroq hisoblanadi. OFK lisenziyalash talablarini klublar o‘rtasida OFK musobaqalarida qatnashadigan klublar bajarishi shart hisoblanadi.

Qolgan klublar esa OFK lisenziyalash talablarini bajarishi shartli hisoblanmaydi, boisi ular milliy lisenziyalash talablarini bajarishi lozim va bu lisenziya ularga futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati uchrashuvlarida qatnashish uchun imkon beradi.

Istalgan klub OFK lisenziyasini olishi mumkin, ammo shu bilan birgalikda, ular milliy chempionatda ishtirok etish uchun milliy lisenziyani ham qo‘lga kiritishlari shart.

Hozirga kelib, O‘zbekistonning 7 ta klubi OFK lisenziyalash talablarini bajargan va OFK lisenziyasini qo‘lga kiritgan. OFK ulardan uchtasiga – “Nasaf”, AGMK va “Navbahor” klublariga sanksiyalar bilan, ya’ni ma’lum imtiyozlar orqali klublarga OFK lisenziyasini taqdim etgan.

Ushbu klublar ma’lum muddat davomida OFK talablarini bajarishi shart. Qolgan klublar esa milliy lisenziyaga egalar. Bu yildan boshlab, milliy lisenziyalash talablari yanada kuchaytirildi. Klublarning o‘z akademiyalari bo‘lishi, stadion infratuzilmasi, shuningdek bir qator boshqa mezonlar shartli qilib qo‘yildi.

Qolaversa, Professional Futbol Ligasi klublarni lisenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyasi yil davomida klublarni monitoring qilib borish vakolatini o‘zida qoldiradi”, deyiladi O‘zPFL ma’lumotida.

Manba: Stadion
Kiritildi: 23:26, 02.01.2019.
O'qildi: 3062 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.