Kirish Ro'yxatdan o'tish

Umid Ahmadjonov buxorolik sportchilarga Spark kalitlarini topshirdi (foto)

Umid Ahmadjonov buxorolik sportchilarga Spark kalitlarini topshirdi (foto)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov nufuzli musobaqalarda sovrindor bo‘lgan buxorolik sportchilarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va media departamenti direktori Zafar Imomxo‘jayev xabar bermoqda.

Ma’lumki, 2018 yil o‘zbek sporti uchun muvaffaqiyatlarga boy bo‘ldi. Ortda qolgan yil davomida atletlar bir nechta kompleks musobaqalarda ishtirok etdilar.

Jakarta shahri mezbonlik qilgan Osiyo hamda Paraosiyo o‘yinlari, Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasini shular qatoriga kirgizish mumkin. Mazkur musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchilar medallar soni va sifati bo‘yicha natijalarni yaxshilay oldilar.

Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ayni vaqtda Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Ahmadjonov safar doirasida Paraosiyo va o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan buxorolik sportchilarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Buxoro shahridagi «Yoshlar markazi»da tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ham qatnashdi.

Tadbir davomida III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga ega chiqqan sportchilar – Abdumalik Xalakov (boks) va Umidjon Jalolov (erkin kurash) “Spark” avtomobillari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ularning murabbiylari, Paraosiyo o‘yinlari sovrindorlari Feruz Saidov, Shirin Sharipov, Sharif Halilov, Sherzod Namozov, Shuhrat Boboyev va Muhammad Rihsimov kabi sportchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Umid Ahmadjonov safar davomida viloyatdagi boshqa sport ob’ektlariga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.

Manba: Stadion
Kiritildi: 16:14, 03.01.2019.
O'qildi: 6172 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.