Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ikrom Aliboyev muxlislarga xat yo‘lladi

Ikrom Aliboyev muxlislarga xat yo‘lladi

Baho:
+ | -

Yaqindagina "Seul" tarkibiga ko‘chib o‘tgan Ikrom Aliboyev o‘zining instagramida muxlislarga xat yozdi.

Hurmatli muxlislar, do‘stlarim, akalarim!

Men futbolga mehr qo‘yganimdan beri futbol klubi O‘zbekiston chempionati va Kubogida g‘olib chiqish, Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qilish, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida vatanimni himoya qilishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ygan edim.

Mana bolalikdagi orzularim ro‘yobga chiqib ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Bolalagimda kumirlarim bo‘lgan futbolchilar yonida katta bo‘ldim, ulardan saboq oldim, bilmaganlarimni o‘rgandim. “Lokomotiv” jamoasida bir oila, aka-ukalardek katta bo‘ldim.

Bu insonlar oldida bir umr qarzdorlik hissi meni tark etmaydi. Klub raxbariyati, futbolchilar, murabbiylar, stadion va klub ishchilari hamda muxlislar bilan o‘tkazgan 5 yil men uchun eng qadrli, yoqimli davr bo‘lib qoladi.

Futbolchi huddi sayohatga chiqqan sayyoh kabi ko‘tarilish, pastga tushish, kutilmagan o‘zgarishlar, o‘yinda o‘sish, pasayish, jarohatlar, mag‘lubiyat va g‘alabalardan iborat. Eng asosiysi insoniylik fazilatini yo‘qotmaslik juda muhim.

Bir necha hafta oldin meni hayotimda katta o‘zgarish bo‘ldi. Bolalikdagi orzularimdan biri amalga oshdi.

Buning uchun avvalo Yaratganga, keyin “Lokomotiv” raxbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Men va qadrdon klub o‘rtasida o‘zaro oliyjanoblik natijasida men “Seul” klubi futbolchisiga aylandim. “Alibaev” nomli futbolka endi qizil-yashillar safini tark etmoqda.

Men bir oiladan boshqa oila safiga borib qo‘shilish arafasidaman. Qadrli men uchun aziz insonlar, men erishgan barcha yutuqlar zamirida sizning mexnatingiz, qo‘llab-quvvatlashingiz yotibdi.

Sizlar bilan xayrlashmayman, sizlar bilan ko‘rishguncha deb qolaman. Qayerga bormay, men “Lokomotiv”ning bir bo‘lagi, “Lokomotiv” esa mening bir bo‘lagim bo‘lib qoladi. Sizlarga chuqur ehtirom bilan, Ikrom!”, - deb yozadi futbolchi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:44, 04.01.2019.
O'qildi: 6104 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.