Whoscored statistik portali Angliya premyer-ligasining markaziy uchrashuvi “Manchester Siti” va “Liverpul” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahsidagi eng yomon futbolchini aniqladi.
Ushbu o‘yinda “qizillar” himoyachisi Deyan Lovren eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Xorvatiyalik futbolchi uchrashuv davomida 5,7 ball to‘pladi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” gol o‘tkazib yuborishaga aynan Lovren sababchi bo‘ldi.
E’tiborga olish lozim, birinchi golda Lovren Agueroni qo‘yib yubordi, ikkinchi golda esa vise chempion o‘z pozisiyasiga qaytishga ulgurmadi.