Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

«Paxtakor-2011» — o‘zbek futbolining kelajagi

«Paxtakor-2011» — o‘zbek futbolining kelajagi

Baho:
+ | -

25-29 dekabr kunlari poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasi futzal zallarida 2011 yilda tug‘ilgan bolalar futbol jamoalari o‘rtasida “Paxtakor 2011” turnir-festival tashkillashtirildi. Musobaqada “Paxtakor-1”, “Paxtakor-2”, “Paxtakor-3”, “Lokomotiv-1”, “Lokomotiv-2”, “Lokomotiv-3”, “JFL”, “Intersport”, “Chig‘atoy”, “Dinamo-TTZ”, “Spartak”, BO‘SM-16 futbol jamoalari ishtirok etishdi.

Bu yosh toifadagi futbol jamoalari, avvalroq, “Inter Cup” festivalida ham ishtirok etishgandi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ko‘plab yosh futbolchilar muxlis va mutaxassislarning nazariga tushdi. Quvonarlisi, bu yosh toifasidagi jamoalarda o‘ziga xos iqtidorlar ko‘zga tashlandi. Albatta, ular o‘zbek futbolining ertasi, kelajagi.

Bu galgi musobaqada ham Paxtakor futbol akademiyasining 2011 yilgi futbolchilardan iborat “Paxtakor-1” jamoasi (“Paxtakor A”) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, festivalning o‘ziga xos g‘olibiga aylandi. Yosh murabbiy Shoahmad Shokabirov boshchiligidagi jamoa o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda g‘olib chiqayotganini e’tirof etish kerak. Yosh murabbiyning jamoasida ko‘plab iqtidorli tarbiyalanuvchilar yig‘ilganini ko‘p mutaxassislar ta’kidlashadi. E’tiborli tomoni, SH.SHokabirov eng yosh murabbiy desak adashmagan bo‘lamiz. Endigina 21 yoshni qarshilagan murabbiy jamoasi bilan barcha turnir-festivallarda g‘olib chiqdi. Fursatdan foydalanib yosh murabbiyni suhbatga tortdik.

— Shoahmad, avvalo g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘zingiz haqida ma’lumot bersangiz.
— Tabrik uchun katta rahmat. 1997 yil fevralida tug‘ilganman. “Paxtakor” futbol akademiyasida 2011 yilda tug‘ilgan bolalar bilan ishlayman. O‘zim ham futbol o‘ynaganman. Dilshod Nuraliyev qo‘l ostida futbol sir-asrorlarini o‘rganganman. “Shayxontohur” jamoasida 2-ligada to‘p tepganman. Murabbiylikni Baxtiyor Nuraliyevga yordamchi bo‘lib boshlaganman. Keyin, 2011 yilda tug‘ilgan bolalar guruhini shug‘ullantirishni ishontirib topshirishdi.



— 2011 yilda tug‘ilgan bolalar futbol jamoalari orasida jamoangiz ajralib turadi. Ko‘plab futbol turnir-festivallarida ajoyib ishtirok etdingiz.
— Guruhimda ko‘p iqtidorli bolalar to‘plangan. Bundan juda xursandman. Hozirda 2011 yilda tug‘ilgan bolalardan iborat “Paxtakor A” va “Paxtakor B” guruhlarini shug‘ullantiraman. O‘zini ko‘rsatgan bolalarni “A” guruhga o‘tkazamiz, bu guruhda mashg‘ulotlar biroz kuchaytirilgan tartibda bo‘ladi. O‘tgan yili “Loko CUP” festivalida ham barcha jamoalarni mag‘lubiyatga uchratdik. Bu yili esa, barcha musobaqa-festivallarda g‘alaba qozondik.

— Bolalar bilan ishlash juda mas’uliyatli, ham tajriba kerak, bunda nimalarga amal qilasiz?
— To‘g‘ri aytdingiz, yosh bolalar bilan ishlayotganda murabbiyning adashishga, hato qilishga xato qilishga haqqi yo‘q. O‘zim ham xuddi shu yoshdan futbolga kelganman. Bolani qanday to‘p tepishga o‘rgatishni boshimdan o‘tkazganman. Bundan tashqari, internetdan xorijlik murabbiylarning mashg‘ulotlarni qanday o‘tkazishlari haqida videoroliklarni ko‘raman, o‘rganaman. Ko‘plarini mashg‘ulotlarimda qo‘llayman. Xudo xohlasa, jamoamdagi ko‘p bolalardan umidim juda katta. Ulardan dunyo miqyosidagi, Yevropaning kuchli jamoalarida o‘ynaydigan o‘yinchilar bo‘lishiga, O‘zbekiston terma jamoalarida o‘ynashlarini orzu qilaman. Yevropa mamlakatlariga borib, yosh bolalarni qanday shug‘ullantirishlarini o‘rganishni maqsad qilganman. Ularda yosh bolalarni shug‘ullantirish, tayyorlash ancha oldinga o‘tib ketgan. Dunyo miqyosidagi o‘yinchilarni yetishtirishimiz uchun, albatta, Yevropada qo‘llanilayotgan so‘nggi yutuqlarni, qo‘llanmalarni tadbiq qilishimiz kerak.

— Kelgusi ishlaringizda sizga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
— Rahmat.

Baxtiyor Abdug‘afur tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:32, 04.01.2019.
O'qildi: 4343 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик