Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Baxtiyor Ashurmatov: «Mustaqil ravishda ishlashni xush ko‘raman»

Baxtiyor Ashurmatov: «Mustaqil ravishda ishlashni xush ko‘raman»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi sifatida klub uchun tarixiy bo‘lgan O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan Baxtiyor Ashurmatov jamoani tark etdi. Ushbu mutaxassis qo‘l ostida olmaliqliklar Superligada «pley-off» o‘yinlari orqali kuchlilar safidagi o‘z o‘rinlarini saqlab qolishdi. Mabodo, AGMK elitadan tushib ketganida bormi, quyi liga a’zosi sifatida xalqaro musobaqada qatnashar, bu ham o‘ziga xos shov-shuvni yuzaga keltirardi. AGMKdan ketgan Ashurmatov uzoq vaqt ishsiz qolmadi. U o‘zining avvalgi joyi - Buxoroga qaytdi. 2018 yil oxirida u klub rahbariyati bilan kelishuvga erishdi. Yodingizda bo‘lsa, Baxtiyor Ashurmatov o‘tgan mavsumning birinchi yarmida «Buxoro»da bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoyevga yordam bergandi. Baqoyev esa mavsum yakunlariga ko‘ra jamoa bilan xayrlashdi. Biz Baxtiyor Ashurmatov bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Baxtiyor aka, AGMKdan ketishingiz biroz kutilmaganda amalga oshdi. Bunday qarorga kelishingizga nima sabab bo‘ldi?

- Ha, haqiqatan ham, O‘zbekiston kubogi sohibi sifatida jamoadan ketishim ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Bunga bir nechta sabablar bor. Ulardan birinchisi - Superliganing oxirgi o‘yinlarida jamoamizning muvaffaqiyatsizlikka uchragani. Ikkinchidan, klub rahbarlari AGMKga mahoratliroq, tajribaliroq, xalqaro arenalarda qatnashgan mutaxassisni taklif qilish to‘g‘riroq bo‘lardi, degan fikrga kelishdi. Mana shu ikki asosiy sabab tufayli AGMKdan ketishimga to‘g‘ri keldi. Lekin alohida ta’kidlashim kerakki, biz klub rahbariyati bilan bu masalada gaplashib oldik va yakunda do‘stona xayrlashdik. Bir-birimizga omad tiladik. Ha, ochig‘ini aytaman, men uchun ham bu kutilmagan qaror bo‘ldi. Chunki murabbiy sifatida Osiyo Chempionlar Ligasida qatnashish, mahorat va tajribamni oshirish, o‘zbekistonlik muxlislar mehrini qozonish uchun AGMKdagi faoliyatimni davom ettirish ajoyib imkoniyat edi. Lekin murabbiyning hayoti va faoliyati shunday. U hamisha kutilmagan iste’folarga tayyor turishi kerak. O‘ylaymanki, o‘z ustimda ishlashdan to‘xtab qolmasam, bunday imkoniyat yana yuzaga keladi. Hammasi o‘zimga va keyinchalik ishlaydigan jamoalarimga bog‘liq bo‘ladi.

- AGMK bilan qancha muddatga shartnoma imzolagan edingiz? So‘ramoqchi bo‘lganim, odatda, shartnoma muddatidan avval buzilganida, klub murabbiyga kompensasiya, ya’ni tovon puli to‘laydi...

- Olmaliqliklar bilan shartnomam yil oxirigacha tuzilgandi. Shu sababli ham bu tomondan hech qanday muammo yo‘q. Kelishuv muddati yakuniga yetgandi.

- AGMK murabbiylar shtabida qolishingiz mumkinmidi? Shunday variant bormidi?

- Fursatdan foydalanib, AGMK rahbarlariga katta rahmat aytmoqchiman. Menga klub tizimida ishlash taklifini berishdi. Lekin murabbiylar shtabida qolmasligim aniq edi. Birinchidan, yangi murabbiyning o‘z yordamchilari bo‘ladi. Ikkinchidan, qiyinroq vaziyat bo‘lsada, mustaqil ravishda ishlashni ma’qul ko‘raman. Ana shu sabablarni inobatga olib ham AGMKda qolishim noo‘rin bo‘lardi. Ammo yuqorida aytganimdek, klub tizimida qolib, faoliyatimni davom ettirishim mumkin edi.

- O‘zbekiston kubogi finali oldidan AGMK «Paxtakor»ga atayin yutqazib beradi, degan gap-so‘zlar urchigandi. Lekin amalda bunday bo‘lmadi...

Xuddi shunday. Finaldan avval olmaliqliklarda imkoniyat yo‘q, deganlar ham ko‘p uchradi. Bunday gap-so‘zlar aslida bizni foydamizga ishladi. Chunki finalda maydonga chiqishdan oldin futbolchilarga ki-yinish xonasida hech kim bizga ishonmayotganini, ishonch bildirayotganlar faqatgina yaqinlarimiz, oila a’zolarimiz, ba’zi rahbarlarimiz va klubda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar hamda murabbiylar shtabi ekanini aytgandim. Yakunda natija qanday bo‘lgani barchaga ayon. «Paxtakor» rahbarlari vijdonan ishlashmoqda. Finaldan avval ular tomonidan AGMKga hech qanday bosim bo‘lgani yo‘q. Raqibning halol futbol tarafdori ekanligini final ko‘rsatib berdi. Ammo o‘sha o‘yindan keyin ham ba’zi mutaxassislar tomonidan yangragan gaplar, shubhalar, ochig‘i, meni ranjitdi. Muxlislarning gapini to‘g‘ri tushunishga harakat qilaman. Ular muxlis va o‘z jamoasi uchun qayg‘uradi. Aksariyat «Navbahor» muxlislarining «Paxtakor» ularni OCHLdan quruq qoldirish uchun AGMKga yutqazib bergani» qabilidagi fikrlarini ham o‘qidim. Tasavvur qiling, «Paxtakor»ning o‘ziga yarasha obro‘si bor, jamoani Yevropada ishlagan, o‘zini hurmat qiladigan Shota Arveladze boshqarmoqda. Bunday mutaxassis shogirdlariga finaldan oldin «AGMK OCHLga chiqishi kerak», deyishi mumkinmi? Buni tasavvur qilish qiyin. Arveladze va men uchun ham bu murabbiylik faoliyatimizdagi ilk final edi. Mabodo, mazkur uchrashuvda futbolchilar «Bugun biz yutqazishimiz kerak», deyishsa, to‘g‘risi, buni jinoyatga teng deb hisoblayman. Binobarin, «Paxtakor» ham finalgacha hali OCHL yo‘llanmasini rasmiylashtirmagandi, shunday ekan, ko‘pchilik ta’kidlaganidek yo‘l tutib, tavakkalga qo‘l uradimi? Kamiga finaldan keyin jamoa OCHL yo‘llanmasi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi - «Navbahor» bilan o‘z uyida durang o‘ynadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:23, 05.01.2019.
O'qildi: 3276 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.