Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

La liga. «Barselona» qiyin g‘alabaga erishdi

La liga. «Barselona» qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida "Barselona" safarda "Xetafe" klubi mehmoni bo‘ldi. Ushbu turda kataloniyaliklarning ta’qibchilari — "Atletiko", "Sevilya" va "Real Madrid" ochko yo‘qotishgandi. Kataloniyaliklar esa g‘alabani qo‘lga kiritib, raqiblardan ilgarilab ketish imkoniyatidan foydalanib qolishdi.

"Xetafe" nomdor raqibni ancha qiynadi. Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishdi. Ammo hujumda fol ishlatilmaganida gol inobatga olingan bo‘lardi. Bahsning 20-daqiqasida Messi himoyachilarning biroz e’tiborsizligidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Bo‘lim tugashiga 6 daqiqa qolganida Lionel jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan qaytargan to‘pga Suares 18 metrlardan shunday zarba berdiki, darvozabon uni qaytara olmadi. Oradan 4 daqiqa o‘tib "Xetafe" hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari ancha faol harakat qilishdi. Ko‘p vaziyatlarda ularga omad kulib boqmadi. Aks holda ular "ko‘k-anorranglilar"ni ochkolardan mahrum qilib qo‘yishlari mumkin edi.

Shu tariqa, "Barsa" qiyin, ammo muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Natijada jamoa "Atletiko"dan 5, "Real"dan esa 10 ochkolik farq bilan oldinga o‘tib ketdi.

Ispaniya La ligasi, 18-tur
Xetafe – Barselona 1:2 (1:2)
Gollar: 0:1 – 20 Messi, 0:2 – 39 Suares, 1:2 – 43 Mata.
Xetafe – Soriya, Kabrera, Dakonam, Antunesh, Fulkye (Molina, 57), Arambarri, Maksimovich, Portilyo (Ibanyes, 84), Suares, Anxel (Says, 74), Mata.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Alenya, 88), Rakitich, Vidal (Buskets, 70), Dembele (Koutinyo, 84), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Artur (12), Alba (15), Fulkye (15), Suares (61), Vidal (65), Kabrera (69), Maksimovich (77).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:50, 07.01.2019.
O'qildi: 6638 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик