Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Andijon» yig‘ini Toshkentga ko‘chadi

«Andijon» yig‘ini Toshkentga ko‘chadi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, «Andijon» jamoamiz 3 yanvardan o‘z qarorgohida tayyorgarlikni davom ettirayotgandi.

Bugun rejaga ko‘ra, «burgutlar» mahalliy «UzTongXonKo» jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Mazkur nazorat uchrashuvida tajriba o‘z so‘zini aytib, «burgutlar» 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Darvoqe, bosh murabbiy Ildar Sakayev va uning yordamchisi Amet Memet kecha Andijonga yetib keldi. Bugungi o‘yinni mazkur murabbiylar ham bevosita kuzatib bordi.

Tarkibga tajribali himoyachi Ruslan Melzitdinov kelib qo‘shilganini aytish lozim.

Bugungi nazorat o‘yinidan keyin  jamoa a’zolariga bir kunlik dam berildi. Endi andijonliklarning yig‘ini 9 yanvardan Toshkentda davom ettiriladi.

10 yanvardan tarkibga yana bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Shuningdek poytaxtdagi yig‘in chog‘ida bir nechta nazorat uchrashuvlarini tashkil etish ham rejadan o‘rin olgan.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:06, 07.01.2019.
O'qildi: 2725 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик