Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

«Metallurg» Muzaffar Muzaffarov bilan shartnoma imzoladi

«Metallurg» Muzaffar Muzaffarov bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan “Metallurg” jamoasi tarkibni kuchaytirish masalasiga ham jiddiy yondoshmoqda. Bekobodliklar yana bir iqtidorli o‘yinchi bilan kelishuvga erishdilar. Toshkent viloyatining AGMK jamoasi bilan xayrlashgan Muzaffar Muzaffarov uchinchi yig‘indan e’tiboran bekobodliklar safiga kelib qo‘shilgan edi. Tibbiy ko‘rikdan keyin kuni kecha klub va futbolchi o‘rtasida shartnoma rasmiylashtirildi.

Muzaffar Muzaffarov 1995 yilning 12 aprel sanasida tavallud topgan. 23 yoshda. Ampluasi yarim himoyachi. 2014 yildan buyon kuchlilar safida to‘p surib kelmoqda. Birinchi mavsumni Farg‘onaning “Neftchi” jamoasida o‘tkazgan Muzaffar 2015-16 yillarda “So‘g‘diyona”, 2017 yilda “Neftchi”, 2018 yilda esa AGMK jamoasida faoliyat yuritdi. Shu yillar davomida Muzaffarov 96 uchrashuvda maydonga chiqib, raqiblar darvozasiga 13 ta gol kiritdi. 19 marta ogohlantirildi. 3 marta esa ikkitalik sariq kartochkalar tufayli maydondan chetlatilgan. Biz Muzaffarga “Metallurg” tarkibiga xush kelibsan, omad yor bo‘lsin deymiz!

Muqaddam, “Metallurg” tarkibga Server Jeparov, Kamoliddin Tojiyev, Shavkat Mullajonovlarni qo‘shib olgandi. Shuningdek, bu mavsumdan e’tiboran sobiq paxtakorchilar Akbar Ismatullayev, Abbos Otaxonov hamda Stanislav Andreev ham “Metallurg” jamoasi sharafini to‘laqonli a’zolar sifatida himoya etishadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:33, 08.01.2019.
O'qildi: 2165 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик