Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kuboklarini qanday boshlagan?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kuboklarini qanday boshlagan?

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ummonga qarshi o‘yin orqali Osiyo Kubogidagi yurishini boshlaydi. Uchrashuv oldidan terma jamoamizning avvalgi Osiyo Kuboklaridagi dastlabki o‘yinlarini eslab o‘tishga qaror qildik 

1996 yil: O‘zbekiston – Xitoy 2:0 (musobaqadagi yagona g‘alabamiz)

2000 yil: O‘zbekiston – Qatar 1:1 (musobaqadagi yagona durangimiz)

2004 yil: O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni 1:0 (o‘sha musobaqada terma jamoamiz guruhdagi barcha o‘yinlarda 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalgacha yetib borgan)

2007 yil: O‘zbekiston – Eron 1:2 (vakillarimiz hisobni ochganliklariga qaramay, o‘yinda mag‘lub bo‘lishgan. Musobaqada chorak finalgacha yetib borganmiz)

2011 yil: O‘zbekiston – Qatar 2:0 (ochilish o‘yinida musobaqa mezbonlari mag‘lub etilgan. Yakunda terma jamoamiz Osiyo Kubogida 4-o‘rinni egallagan)

2015 yil: O‘zbekiston – KXDR 1:0 (musobaqada chorak finalgacha yetib borganmiz).

Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, musobaqadagi birinchi uchrashuvimiz arab jamoalariga qarshi o‘tkazilganda biz mag‘lub bo‘lmaganmiz (Qatarga qarshi bir g‘alaba va durang, Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba). Umid qilamizki, Ummonga qarshi o‘yndan so‘ng ham ushbu omadli statistika davom etadi.

Fors ko‘rfazi mamlakatlarida o‘tkazilgan musobaqalardagi dastlabki o‘yin bo‘yicha hisoblaydigan bo‘lsak, biz ularda ham g‘alaba qozonganmiz (1996 yil Xitoy, 2011 yilda Qatar, har ikki o‘yinda ham raqiblar 2:0 hisobida mag‘lub etilgan).

Bugun Osiyo Kubogi-2019 doirasida o‘tkaziladigan dastlabki uchrashuvda terma jamoamizga omad tilaymiz!

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:03, 09.01.2019.
O'qildi: 3918 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.