Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Validol taktikasi. Topqirlik bilan qilingan o‘yinchi almashtirilishi yohud kulib boqqan omad.

Validol taktikasi. Topqirlik bilan qilingan o‘yinchi almashtirilishi yohud kulib boqqan omad.

Baho:
+ | -

Anchadan buyon rasmiy o‘yinda maydonga tushmagan termamiz bugun katta kuch bilan juda qiyin kechgan uchrashuvda irodali g‘alabaga erishdi. Ummon termasi ochiqchasiga 1-raqamda harakat qildi. Termamiz ham bunga monelik qilmadi.

Biznikilarning birinchi goli oldindan ishlangan standart evaziga qo‘lga kiritilganini darrov sezgan bo‘lsangiz kerak. O‘tkazib yuborilgan golimizda esa Ummon termasi hujumchisi deyarli yarim metrlik ofsaydda edi. Hakamlar bu xatolarini bahsli penaltini bermay yuvib yuborishdi desak, haqiqatdan bo‘ladi.

Ektor Kuper taktikasining nomini qo‘rqmay «validol» taktikasi deya atasak bo‘ladi. Sababi, bu uchrashuvni validolsiz ko‘rish juda qiyin bo‘ldi. Tan olish kerak, bugun Kuperning zahiradan jangga tashlagan futbolchilari o‘yin taqdirini hal qilishdi. To‘gri va o‘z vaqtida qilingan o‘yinchi almashtrilishlari bizga o‘ta muhim uch ochkoni olib keldi.

Keling, tan olaylik, bugun Nesterov o‘zining eng zo‘r uchrashuvlaridan birini o‘tkazdi. U jamoamizni birinchi taymning o‘zidayoq bir necha bor yuz foizlik vaziyatlardan ochiqchasiga qutqardi. Ahir, bejiz aytishmaydiku «Yaxshi darvozabon - yarim jamoa» deb. Bugun Ahmedovning o‘yini oldida bosh kiyimimizni yechmasdan ilojimiz yo‘q. U haqiqiy sardorlarga hos uchrashuv o‘tkazdi.

Bu turnirda fovaritlarga oson bo‘lmayotganiga qaraganda, termamiz birinchi imtihonni a’loga topshirdi. Bu katta turnir ekanligini hisobga olsak, boshlanishi chakki emas. Faqat, o‘yin uslubi ustida ko‘proq ishlash kerak. Jamoamizning bundan keyingi uchrashuvlarigacha yaxshilab o‘ylab olib, xatolar ustida ishlashlari uchun vaqt yetarli. Jamoamizga navbatdagi uchrashuvlarda faqat va faqat g‘alabalar tilan qolamiz. Olg‘a O‘zbekiston!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:26, 09.01.2019.
O'qildi: 11221 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.