O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Doston Hamdamov Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ummonga qarshi o‘yinda g‘alaba uchun bor kuchimizni berib harakat qildik. O‘yin natijasidan qoniqish hosil qildik. Keyingi uchrashuvlarda ham g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.Ummonga qarshi o‘yinda ba’zi qiyinchiliklarga duch keldik.
Raqibni avvaldan o‘rganib chiqqandik. Ular hujumkor o‘yin namoyish qilishdi. Ammo biz baribir o‘z maqsadimizga yetdik. Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga kelgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman", - deydi Doston Hamdamov.
Esanov legionerga aylanishi mumkin [3999]
Gavi «Barselona»ni tark etishi mumkin — ikki top-klub qiziqmoqda [3862]
Trent Aleksander-Arnold «Real»dagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi [2710]
"Bavariya"dagi raqobatdan "Real" foydalanishi mumkin [2481]
O‘zbekiston - ikki karra shaxmat Olimpiadasi chempioni! [2445]
Messiga tarixiy rekordgacha yana ikki gol qoldi [2240]
Tahlilchilar «Siti»ning Premyer-ligadan chiqarilish ehtimolini hisobladi [2045]
Rafinyaga «Barselona»dan ko‘proq maosh taklif qilishga tayyor klublar bor [1938]
Jezush Ronalduni nega maydonga tushirmaganini tushuntirdi [1912]
Edegor: "Ronalduning menga bo‘lgan munosabatini hech qachon unutmayman" [1898]













