Oldinroq xabar berganimizdek, "Lokomotiv" futbolchilari o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun 9 yanvar kuni Dubayga yetib borishgandi.
Kecha “temiryo‘lchilar” jamoasi futbolchilari reja bo‘yicha jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratuvchi mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi.
Jamoa kuniga 2 mahal jismoniy holatni yaxshilash ustida ishlaydi. “Loko” dastlabki sinov-nazorat bahsini 16 yanvar kuni Rossiyaning "Spartak Moskva" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.